110
agenti va me’mor yoki pudratchi o‘rtaida shartnoma asosida o‘rnatiladigan
munosabatlar mavjud emas. Me’mor mulk egasining manfaatlarini ifodalab
beradi va uning nomidan ish yuritadi.
Uslubning afzal jihatlari
. Ushbu uslubning afzal jihatlari bu uslub mulk
egasi, loyihalashtiruvchi va quruvchilar uchun ham qulayligida. So‘nggi
vaqtgacha ushbu uslub asosiy hisoblangan va alohida qismlari bo‘yicha batafsil
ishlab chiqilib, ya’ni o‘zaro munosabatlarga yaqqol
aniqlik kiritib berish
tavsifida qayd qilinadi. Noaniqliklar darajasining kamaytirilishi va ushbu holga
bog‘liq yuzaga keluvchi ihtimoliy havf–xatar kamaytirilishi ta’minlanganligi
uchun aksariyat vaziyatlarda nisbatan afzal hisoblanadi.
Mulk egasi bu uslub bo‘yicha pul qadrsizlanishi (
inflyatsiya
),
subpudratchilar ishni yaxshi bajarmasligi, ishchi va xodimlarning malakasi
pastligi, resurslar yetkazib berilishidagi va shu kabilardan xoli, javobgarlik to‘liq
bosh pudratchi zimmasiga yuklatilib va mulk egasining vositalar me’yordan
ortiq sarflanishdan xavotirga tushishga xojati qolmaydi. Agar shartnoma
oshkora savdolashish (tender) asosida tuzilgan bo‘lsa, u holda mulk egasi
raqobat asosida taqdim etiladigan (oferta) takliflar afzalliklaridan to‘liq
foydalanish, u joriy iqtisodiy–sharoitlarida eng past narx taklif qilgan pudratchi
bilan shartnoma imzolash imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, qurilish davrida
mulk egasining jalb qilinishi minimal qiymatga egaligi ham so‘zsiz, ushbu
uslubning mulk egasi manfaatlari uchun afzalligini belgilab beradi. Haqiqatan
ham, Loyiha hujjatlari tugallanishi va ular tasdiqlanishi va ma’qullanishi bilan,
mulk egasining bevosita ishtiroki tugab majburiyatlari va huquqlari – uning
vakili tomonidan amalga oshiriladi.
Uslubning kamchiliklari
. Loyiha tuzuvchilar va quruvchilarning ish
faoliyati avtonom ko‘rinishga egaligi – bu ushbu uslubning asosiy kamchiligi
hisoblanib, chunki har ikkala bosqich umumiy holda Loyihaning yakuniy
iqtisodiy natijalarida ifodasini topadi va nomuvofiqlik hollari uning
111
samaradorligini pasaytirishi mumkin. Loyiha hujjatlari tayyor bo‘lgunicha
quruvchilar ishga kirisha olmaydilar. Chunki ular loyihalash jarayonida ishtirok
etmaydilar va loyihalashning tugallanish davridagina
texnologik tavsifga ega
bo‘lmagan kamchiliklar, jumladan nisbatan samarali materiallar, konstruksiyalar
va qurilmalardan foydalanish, ishlarni amalga oshirish muddatlarining
qisqartirilishi va shu kabilar imkoniyatlarda kamchiliklar aniqlanishi mumkin.
Shuning uchun bu uslub Loyihaning umumiy davrini qisqartirish imkonini
bermaydi. Ayrim loyiha firmalari bunday vaziyatdan chiqish maqsadida
tarkibiga tegishli ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
mutaxassislarni yoki
ekspert mutaxassislarni jalb etadilar. Biroq, ular bergan tavsiyalar ushbu
ob’yektni qurayotgan mutaxassislar qaror echimlariga mos kelishi shart degani
emas. Bu vaziyatga oid tarqoqlik yagona jamoani shakllantirish imkoniyatini
bermaydi, har bir ishtirokchi o‘z manfaatlari doirasida qat’iy tartibda
bog‘lanishga ega bo‘lib, ko‘pincha bu hol ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Biroq agar loyiha birinchi marta tuzib chiqilmayotgan bo‘lsa, uning
hajmini ortib ketishi va boshqa sezilarli o‘zgartirishlar
kiritish oqibatlarini
kamaytirish (jumladan, kam qavatli uylar qurilishida, kichikroq omborlar
qurilishi va shunga o‘xshash hollarda) imkoni bo‘ladi. Texnik jihatdan nisbatan
murakkab ob’yektlarni qurishda, ayniqsa, ular siyosiy yoki boshqa ijtimoiy
hollar bilan bog‘liq bo‘lsa, qurilishni tashkil qilish uslubini tashlashda sinchiklab
ko‘rib chiqilishi talab etilgan. Katta ko‘lamdagi
tijorat loyihalari, qayta qurish
bo‘yicha yirik ishlar boshqacha tavsifdagi tashkiliy uslublardan foydalanishni
talab qiladi. Bunda qayd qilingan uslubda to‘lovlarning quyidagi turlaridan
foydalaniladi: jumladan, ob’yekt uchun qayd qilingan narxlar; ish birligi uchun
to‘lovlar (ish haqi); ob’yektning kafolatlangan maksimal qiymati yoki ishlar
uchun to‘lovlar va qo‘shimcha tarzda loyihalash ishlarining shartnoma asosidagi
qiymati.