125
4.
Qurilish–montaj tashkiloti boshqaruvida matritsali tashkiliy tuzilma
tavsifi.
5.
Shartnoma
munosabatlari, ishlar turlari, faoliyat doirasi, qurilish–
montaj ishlarining hajmi bo‘yicha qurilish–montaj tashkilotini boshqarish
tuzilmalarining tasniflanishi.
6.
Uy–joylar qurish kombinatlari.
7.
Harakatchan qurilish tashkilotlari.
8.
Qurilishning ekspeditsiya va navbatchilik asosidagi (
vaxta
) uslublari.
9.
Qurilish–montaj tashkilotining chiziqli va
funksional tavsifli apparat
rahbariyati funksiyalari.
10.
Markazlashtirish va nomarkazlashtirish tushunchalari. Zamonaviy
sharoitlarda qo‘llanishga misollar.
11.
Bosh pudratchilik uslubining afzalliklari va kamchiliklari, alohida
pudratchilar bilan
qurilishni amalga oshirish, loyiha–qurish uslubi va loyiha–
menejerlik uslubi.
126
IV BOB. QURILISHDA MUHANDISLIK TADQIQOTLARI VA
LOYIHALASH
4.1. Umumiy qoidalar
Loyihalash
– bu
biror
loyihani amalga oshirish davrlari ichida birinchi
tashkiliy texnik davrning jiddiy ma’suliyatli bosqichi va jarayoni hisoblanadi.
Investitsiyalar samaradorligini oshirishda asosiy rol unga tegishli.
Fan va texnologiyalar rivojlanishi
bilan loyihalash yechimlari
murakkablashishi va mos ravishda, bu ishlar ahamiyati ortishi qayd qilinadi.
Loyiha sifati qurilishning texnik–iqtisodiy jihatdan ko‘rsatkichlarini belgilab
berib, shuningdek qurilayotgan korxonalar,
bino yoki inshootlardan
foydalanishga oid ko‘rsatkichlar, aynan loyihalashning sifatiga bog‘liq
hisoblanadi. Loyihalashning me’morchilikka oid jihatlari yangi qurilishlar,
jumladan, turar–joy uylari, fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan
binolar, zavod va fabrikalar, shuningdek shahar va qishloqlarimizning tashqi
qiyofasini va estetik jihatdan go‘zalligini belgilab beradi.
Loyiha – o‘z tarkibida qurilajak korxona (ishlab chiqarish) texnologiyasi
va qurilmalari bo‘yicha yechimlar, binolarning me’morchilik va konstruktiv
yechimlari, ishchi chizmalari, iqtisodiy–texnik hisob–kitoblar va asoslashlar,
smetalar va zaruriy izohlarga ega bo‘lgan, grafik va matn tavsifidagi hujjatlar
majmuasi hisoblanadi.
Foydalanishga oid belgilariga ko‘ra,
yakka tartibdagi
(
individual
),
takroriy qo‘llanadigan
va
namunaviy loyihalar
o‘zaro farqlanadi. Ommaviy
tavsifdagi qurilish ob’yektlari, o‘z navbatida namunaviy loyihalar asosida
quriladi. Takroriy foydalaniladigan
loyihalar yakka tartibdagi, nisbatan
muvaffaqiyatli loyiha sifatida o‘rin tutadi. Bu ko‘rinishdagi loyihalarning ko‘p
marta qo‘llanishi namunaviy yechimlar yetarli yoki mavjud bo‘lmagan
sharoitda muhim hisoblanadi.