Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
Nazorat savollari: 
 
1.
Qurilish–montaj tashkilotini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi va 
organlari. 
2.
Qurilish–montaj korxonalarining chiziqli va funksional boshqarish 
tashkiliy tuzilmalari, ularning solishtirma tavsiflari. 
3.
Qurilish–montaj korxonalarining chiziqli–funksional boshqarish 
tashkiliy tuzilmasi. 


125 
4.
Qurilish–montaj tashkiloti boshqaruvida matritsali tashkiliy tuzilma 
tavsifi. 
5.
Shartnoma munosabatlari, ishlar turlari, faoliyat doirasi, qurilish–
montaj ishlarining hajmi bo‘yicha qurilish–montaj tashkilotini boshqarish 
tuzilmalarining tasniflanishi. 
6.
Uy–joylar qurish kombinatlari. 
7.
Harakatchan qurilish tashkilotlari. 
8.
Qurilishning ekspeditsiya va navbatchilik asosidagi (
vaxta
) uslublari. 
9.
Qurilish–montaj tashkilotining chiziqli va funksional tavsifli apparat 
rahbariyati funksiyalari. 
10.
Markazlashtirish va nomarkazlashtirish tushunchalari. Zamonaviy 
sharoitlarda qo‘llanishga misollar. 
11.
Bosh pudratchilik uslubining afzalliklari va kamchiliklari, alohida 
pudratchilar bilan qurilishni amalga oshirish, loyiha–qurish uslubi va loyiha–
menejerlik uslubi. 


126 
IV BOB. QURILISHDA MUHANDISLIK TADQIQOTLARI VA 
LOYIHALASH 
4.1. Umumiy qoidalar 
 
Loyihalash
– bu
 
biror
 
loyihani amalga oshirish davrlari ichida birinchi 
tashkiliy texnik davrning jiddiy ma’suliyatli bosqichi va jarayoni hisoblanadi. 
Investitsiyalar samaradorligini oshirishda asosiy rol unga tegishli.
Fan va texnologiyalar rivojlanishi bilan loyihalash yechimlari 
murakkablashishi va mos ravishda, bu ishlar ahamiyati ortishi qayd qilinadi. 
Loyiha sifati qurilishning texnik–iqtisodiy jihatdan ko‘rsatkichlarini belgilab 
berib, shuningdek qurilayotgan korxonalar, bino yoki inshootlardan
foydalanishga oid ko‘rsatkichlar, aynan loyihalashning sifatiga bog‘liq 
hisoblanadi. Loyihalashning me’morchilikka oid jihatlari yangi qurilishlar, 
jumladan, turar–joy uylari, fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan 
binolar, zavod va fabrikalar, shuningdek shahar va qishloqlarimizning tashqi 
qiyofasini va estetik jihatdan go‘zalligini belgilab beradi.
Loyiha – o‘z tarkibida qurilajak korxona (ishlab chiqarish) texnologiyasi 
va qurilmalari bo‘yicha yechimlar, binolarning me’morchilik va konstruktiv 
yechimlari, ishchi chizmalari, iqtisodiy–texnik hisob–kitoblar va asoslashlar, 
smetalar va zaruriy izohlarga ega bo‘lgan, grafik va matn tavsifidagi hujjatlar 
majmuasi hisoblanadi.
Foydalanishga oid belgilariga ko‘ra, 
yakka tartibdagi
(
individual
), 
takroriy qo‘llanadigan
va 
namunaviy loyihalar
o‘zaro farqlanadi. Ommaviy 
tavsifdagi qurilish ob’yektlari, o‘z navbatida namunaviy loyihalar asosida 
quriladi. Takroriy foydalaniladigan loyihalar yakka tartibdagi, nisbatan 
muvaffaqiyatli loyiha sifatida o‘rin tutadi. Bu ko‘rinishdagi loyihalarning ko‘p 
marta qo‘llanishi namunaviy yechimlar yetarli yoki mavjud bo‘lmagan 
sharoitda muhim hisoblanadi. 


127 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin