Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Loyiha–menejment–qurish 
(
Construction Project Management
). Bu 
uslubda mulk egasi loyihalash firmasini va Loyihaning eng erta muddatlarida 
menejment funksiyasi bajaruvchi firmani ishga yollaydi (3.19–rasm). Ulardan 
qaysi birini ertaroq yollash va ular qanday funksiyalarni bajarishi masalasi mulk 
egasining boshqaruv jarayonidaga ishtiroki darajasiga bog‘liq, shuningdek 
loyihalash va qurilish firmalarining tajribasi bilan belgilanadi.
3.19 – rasm. Loyiha – menejer qurilishi uslubida ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar sxemasi. 
 
Tashkil qilishning bu shakli bir nechta variantlarga ega: jumladan, kasbiy 
mahorat darajasidagi (
professional
) menejment , qurilish menejmenti, bosh 
pudratchi bilan yoki usiz holdagi professional qurilish menejmenti va dasturiy 
menejment. Ular o‘rtasidagi o‘zaro farqlar boshqaruvi kompaniyaning 
omilkorligi va unga bajarilishi topshirilgan vazifalar doirasida o‘z aksini topadi. 
Jalb qilingan kompaniya loyihalashtiruvchi, qurilish yoki sof boshqaruv 
kompaniyasi bo‘lishi mumkin. Misol uchun, mulk egasi qurilish menejmentini 


117 
tanlashni amalga oshiradi, bunda oldinda turgan vazifalar, eng avvalo, qurilish 
ishlari bilan bog‘lanadi.
Qurilish menejmenti
(QM) quyidagi to‘rt ta shaklga ega: 
1.
Qurilish menejmenti mulk egasining 
agenti
sifatida o‘rin tutadi, u 
boshqaruv bo‘yicha professional xizmatlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu 
holatda qurilish menejmenti qiymatlar va tugallanish muddatlarini 
kafolatlamaydi. Mulk egasining o‘zi turli xil boshqaruvchilar bilan 
shartnomalarni tuzadi.
2.
Qurilish menejmenti 
boshqaruv bo‘yicha xizmatlarni
ta’minlaydi: 
jumladan, pudratchilar bilan shartnomalar tuzadi; nazoratni ta’minlaydi; 
loyihaning maksimal kafolatlangan qiymatlarini belgilaydi va ishlar hajmiga 
aniqlik kiritib loyihaning tugallanishi sanasini belgilaydi.
3.
Mulk egasining 
o‘zi 
qurilish menejmenti sifatida o‘rin tutadi.
4.
Mulk egasi q
urilish menejmenti firmalari bilan shartnoma tuzadi
, bu 
firmalar loyihalash ishlarini bajaradi va qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha mulk 
egasini xizmatlar bilan ta’minlaydi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin