115
Ishlarning alohida bosqichlarini qisman
birga amalga oshirilishi
hisobiga qurilish davrini qisqartirish (bu uslub, ayniqsa, vaqt hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda maqsadga muvofiq);
Loyihalashtiruvchilar va quruvchilarning
yaqin hamkorlikda faoliyat
olib borishi loyihaning qurilishga oid texnologik yechimlari darajasini oshiradi
va umumiy holda uning iqtisodiy samaradorligini belgilab beradi;
Mulk egasining ikkita emas, balki bitta
tashkilot bilan shartnoma
imzolashi sharoitida uning e’tibori bo‘linmay bu boshqaruv apparat xodimlari
sonini minimallashtirish imkonini beradi.
Uslubning kamchiliklari
. Loyiha hali boshlanmagan davrda va qurilish
dolzarbligi anglanib, g‘oyasi asoslangan va
byudjet konseptsiyasi endi
aniqlangan holatda, mulk egasi loyihalash–qurish tashkilotini (LQT) ishga jalb
qilib, haqiqiy qiymat esa loyihalash ishlari tugallangandagina aniqlanadi. Shu
sababli, mulk egasi shartnomani qat’iy belgilangan qiymatlarda tuzish imkoniga
ega bo‘lmay, bunda u ana shu jihatga yetarli e’tibor qaratishi talab qilinadi.
Loyihalash–qurish tashkiloti (LQT) imkoniyat darajasida belgilangan summada
ish olib borishi holatida ishlarning hajmi va sifati bo‘yicha qurbonliklar berilishi
talab qilinishi mumkin.
An’anaviy uslublar bilan solishtirganda, ushbu
uslubning yana bir katta
kamchiligi –mulk egasining loyihani ro‘yobga oshirish davrida uning qiymati
va boshqa parametrlarini nazorat qilish imkoniyatlari cheklanganligi bilan
bog‘liq. Bu holda Loyihalash–qurish tashkilotining
ichki hamkorlik
munosabatlari o‘zining teskari tomonini aks ettiradi. Bularning barchasi mulk
egasining firma tomonidan bajariladigan ishlar samaradorligiga bog‘lanib
qolishini
belgilab
beradi.
Raqobat
asosidagi
tanlovda
alohida
subpudratchilarning jalb qilinishi loyiha qiymatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.