130
ko‘priklar, qirg‘oqbo‘yi inshootlari qurilishlarini loyihalashtiradigan–
Mosinjloyiha AOA; geodeziya ishlari va muhandislik tadqiqotlarini amalga
oshiradigan – Mosgorgeotrest AOA va boshqalar faoliyat olib boradi. Institutlar
tarkibida ularga birlashgan shahar hududlarida qurilishlarni loyihalash va qurish
bo‘yicha javobgar loyihalash ustaxonalari ish olib boradi.
Mamlakatning qator hududlarida bu hududlarning tabiiy–iqlim
sharoitlariga mos, hududiy loyihalash institutlari (S.PbZNIiEPI, SibZNIIEP va
boshqalar) tashkil qilingan bo‘lib, ular fuqarolik maqsadlarida foydalanishga
mo‘ljallangan turar –joylar qurilish ob’yektlari uchun joyning o‘ziga xos shart –
sharoitlarini (tuproq qatlamining cho‘kuvchanligi, seysmik tavsiflar, muzlash
sharoitlari va h.k.) hisobga olib, namunaviy loyihalash variantlari ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: