Eksperimental loyihalash va qurilish kelgusida namunaviy tavsifli
bo‘lishi nazarda tutilib, yangi yechimlarni har tomonlama tekshirib ko‘rish
asosida tajribadan o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda yangi
materiallar, konstruksiyalar, tugunlar (tarmoqlar), rejalashtirish yechimlari, bino
va inshootlarning yangi turlari, qurilish prinsiplari va qurilishni tashkil qilish
uslublari tekshirib ko‘riladi.
Loyihalash ishlari samaradorligini oshirishga hajmiy – rejalashtirish
yechimlarining unifikatsiyalanishi, namunaviy konstruksiyalar va tugunlarning
ishlab chiqilishi, korxonalar, bino va inshotlarning
namunaviy loyihalari (NL),
shuningdek ularning alohida seksiyalari, tugunlari loyihalarini ishlab chiqish
asosida erishilib, bu hol ma’lum aniq ob’yektlarni mavjud qator loyihalar
asosida, ko‘proq muvofiq keladigan va nisbatan murakkab bo‘lmagan tarzda
amalga oshirish imkonini beradigan variantlarni tanlab olish asosida loyihalash
amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda qurilish sohasida tarkibida mingdan ortiq nomdagi
loyihalarni qamrab olgan namunaviy loyihalar fondi mavjud. Ko‘plab loyihalar
bir nechta variantlarda bajarilib, bunda qurilishning mahalliy shart – sharoitlari:
jumladan, iqlim, tuproq qatlami sharoitlari, talab qilingan quvvat, ishlab
chiqariluvchi konstruksiyalar nomenklaturasi va boshqa holatlar hisobga olinishi
kuzatiladi.
Namunaviy loyihalashdan tashqari, namunaviy tugunlar va alohida
qismlarning ishchi chizmalari albomi mavjud bo‘lib, yakka tartibdagi loyihalarni
ishlab chiqishda tegishli namunaviy albomlarga muvofiq tarzda, alohida qismlar
chizmalari ishlab chiqish bilan birga montaj sxemalarini cheklash imkoni
tug‘iladi.
129
4.2. Loyihalash va tadqiqot bilan shug’ullanadigan tashkilotlar Kapital qurilish uchun ish bajaruvchi