Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Texnik tadqiqotlarda 
yangi ob’yektlar qurilish hududida mavjud qurilish 
tashkilotlari va bo‘linmalari haqida ma’lumotlar, shuningdek mahalliy qurilish 
materiallari, geodeziyaga oid, kadastr bo‘yicha, geologiya, gidrogeologiya va 
monitoring xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘iladi.
Ijobiy natijalar olingan sharoitda, qurilish ob’yektlari bog‘lanishiga oid 
vaziyatga oid reja 
(№1 – xomaki nusxa
) ishlab chiqilib, uning asosida tadqiqot 
ishlari davrida yerdan foydalanuvchilar bilan uchastkani ijaraga olish 
shartnomasi tuziladi va muhandislik tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ruxsat 
rasmiylashtiriladi (4.4 – rasm). 


148 
4.4-rasm. Issiqlik energiyasi markazi qurilishining vaziyatga oid rejasi:
 Bu yerda 1 – 
qishloqlar; 2 – quriladigan asosiy ombor; 3 – quriladigan issiqlik stansiyasi; 4 – quriladigan 
Issiqlik energiyasi markazi(IEM); 5 – quriladigan kombinat; 6 – avtomobil yo‘llari; 7 – aholi 
posyolkasi; 8 – mavjud temir yo‘l stansiyasi; 9 – mavjud temir yo‘l; 10 – mavjud avtomobil 
yo‘llari; 11 – qurilish bazasi; 12 – quriladigan temir yo‘llar; 13 – asfalt – beton zavodi; 14 – 
maktab. 
 
Muhandislik tadqiqotlari
tarkibiga quyidagi ish turlari kiradi: jumladan, 
qurilish hududi va maydoniga oid geodeziya, geologiya, gidrogeologiya
gidrometeorologiya va ekologiya ishlari.
Muhandislik geodeziyasiga 
oid tadqiqotlarda – balandlik belgilari, joriy 
muhandislik tarmoqlari, yashil ekinzorlar va yo‘l inshootlari ko‘rsatilishi bilan 
birga joyning past-balandligi (relefi) va tavsiflariga aniqlik kiritiladi. 
Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya
tadqiqotlarida yer osti 
suvlarining joylashishi va agressivlik tavsiflari bilan birga, tuproq qatlamining 
holati, tuzilmasi, yuk ko‘tarish va boshqa hususiyatlari o‘rganiladi.
Muhandislik gidrometeorologiya
tadqiqotlarida daryo havzalari, ko‘llar, 
suv omborlari, harorat, havo namligi, atmosfera yog‘inlari qiymati, qor qoplami, 
yong‘in havfi, suv toshqini ehtimoli, shamol yo‘nalishlari va shu kabilarga 
aniqlik kiritiladi.


149 
Muhandislik ekologiya
tadqiqotlarida atrof–muhit holati va unga qurilajak 
sanaot yoki ommaviy bino va inshootlarining salbiy ta’siri va uni kamaytirish 
chora-tadbirlari. Shuningdek, bunda ishlab chiqarish va aholining hayot faoliyati 
natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarning yo‘qotilish usullari, atmosfera 
havosining ifloslanish darajasi oldindan baholanadi (
bashorat 
qilinadi).
Yerlarni qayta tiklash (
rekultivatsiya qilish
) uchun yoki uni olib tashib 
ketilishi, to‘planishi va kelgusida hududdan ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida 
foydalanish uchun tuproq va o‘simliklar qatlamining holatiga aniqlik kiritiladi.
Tadqiqotlar bilan
birgalikda amalga oshiriladigan ishlar
jumlasiga 
quyidagilar kiradi: yer osti suvlaridan suv bilan ta’minlanish uchun foydalanish; 
geotexnika nazorati; mavjud bino va inshootlar poydevorlari ostidagi tuproq 
qatlam (zamin)ini tekshirish; qurilish maydoni atrofida joylashgan mavjud bino 
va inshootlarning muhandislik tizimlari va konstruksiyalarining texnik holatini 
tekshirish; tabiiy va texnogen havf–xatarlarning havflilik darajasini baholash; 
hududning muhandislik himoyasi bo‘yicha chora–tadbirlarni ishlab chiqish; 
atrof–muhit holatini belgilovchi ko‘rsatqichlarining mahalliy qiymatlari ustidan 
monitoring olib borish; izlanishlar davomida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi; 
tadqiqot mahsulotlaridan foydalanishda mualliflik nazorati.
Tadqiqot ishlarini bajarish uchun hududiy tashkilotlar va jamiyatlar 
muhim o‘rin tutadi yoki bu ishlar loyiha va ilmiy tadqiqot institut (tashkilot)i 
tomonidan bajariladi.
Ishlar bajarilishi uchta davrga bo‘linadi: tayyorgarlik, dala ishlari (qurilish 
maydonida) va tashkilot (xona)da bajariluvchi (kameral) ishlar. 
Tayyorgarlik (Loyihani amalga oshirishning tashkiliy texnologik chora

tadbirlari qatoridagi loyihalashdan avvalgi) davrid
a
 
loyihalashtiriluvchi 
ob’yekt tavsiflari asosida topshiriqlarga aniqlik kiritiladi, tadqiqot ishlarini 
amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora–tadbirlar ishlab chiqiladi, tadqiqot 


150 
ob’yekti bo‘yicha arxiv, ma’lumotnoma materiallari, xisobotlar va boshqa 
materiallar asosida zarur ma’lumotlar to‘planadi va o‘rganib chiqiladi.
Dala ishlari
mutaxassislar tomonidan ekspeditsiya, partiyalar yoki 
otryadlar tuzilib bo‘lajak qurilish maydonida, joylarda bajariladi. Dala ishlari 
jarayonida qurilish uchastkasining barcha belgilangan o‘zak (
prinsipal

yechimlari kelajak rivojlanish istiqbollarini inobatga olgan holda uning bosh 
tarhida ko‘rsatiladi.
Xona sharoitida
(
kameral

amalga oshiriladigan ishlar davrida
dala 
materiallari tahlil qilinib qayta ishlanadi va talab qilingan shakl va mazmunda 
zaruriy tadqiqot hujjatlari tuziladi.
O‘z navbatida, loyihalash quyidagi ko‘rsatilgan besh bosqichda bajariladi: 
I bosqich – qurilishga oid va yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha 
qarorlarni tayyorlash;
II bosqich – loyihalashdan avval tayyorlanadigan hujjatlarni ishlab 
chiqish; 
III bosqich – loyiha yoki texnik–iqtisodiy jihatdan bir yoki ikki bosqichli 
asoslash (TIA); 
IV bosqich – ishchi hujjatlarni (IH) ishlab chiqish; 
V bosqich – qurilish davri, ob’yektlarni foydalanishga topshirish va loyiha 
bo‘yicha ishlarni tugatish. 
Loyiha va tadqiqotlarning tarkibi va hajmi me’yoriy–texnik adabiyotlar va 
tadqiqot topshiriqlarida reglement sifatida keltiriladi.


151 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin