153
Sof holdagi joriy qiymat (SJQ), Sof holdagi zamonaviy qiymat (SZQ),
G‘arb mamlakatlarida qo‘llaniladigan varianti bo‘yicha –
Net Present Value
(NPV) deb nomlanadi.
Sof holdagi diskont kirim yoki daromad (SDK) quyidagi formula
yordamida hisoblanadi:
T
t
T
E
t
C
t
R
К
СДК
1
)
1
(
)
(
)
(
,
(4.1)
** П.Л.Виленский, В.Н.Лившиц. Об оценке эффективности
инвестиций в строительстве
(
Қурилишда инвестицияларнинг самарадорлигини баҳолаш ҳақида
). Л.С.Андреев, В.С.Резниченко.
Определение экономической эффективности инвестиционных проектов и инвестиций в строительстве
(
Қурилишда инвестициялар ва инвестицион лойиҳаларнинг иқтисодий самарадорлигини аниқлаш
).
Экономика, 9' 2000.
Bu yerda:
K
– birlamchi investitsiya;
)
(
t
R
– 1 yilga nisbatan pul
mablag‘lari kirimi;
)
(
t
C
– 1 yilga nisbatan pul mablag‘larining chiqimi;
T
–
hayotiy sikl davri;
Ye
– diskont me’yorini ifodalaydi.
Samaradorlik sharti:
0
СДК
hisoblanadi.
4.6. Loyihaning tashkiliy – texnologik hujjatlari
Loyihaning tashkiliy – texnologik hujjatlariga (TTH) qurilishni tashkil
qilish loyihasi (QTL) va ishlarni bajarish loyihasi (
IBL
), shuningdek qurilishni
tashkil qilish va ishlab chiqarish ishlari texnologiyalari bo‘yicha yechimlarga
ega bo‘lgan boshqa hujjatlar ham kiradi.
Qurilish ishtirokchilari boshqa turdagi
Loyihaning tashkiliy – texnologik
hujjatlari
(sifat bo‘yicha ko‘rsatmalar, korxona standartlari, sifatni nazorat qilish
sxemasi, ishlarni
tashkil qilish loyihalari, mehnat jarayonlari xaritasi va h.k.)
ishlab chiqishlari va foydalanishlari ham mumkin. Bunda ko‘rsatilgan
qo‘shimcha hujjatlar qurilish ishtirokchilari o‘rtasida bajarilishi majburiy,
154
muhim hujjat hisoblanib, bitta tashkilot doirasida esa – buyruq tartibida joriy
qilinadi.
Minimal tarkib
(
Loyihaning zarur tashkiliy – texnologik hujjatlari qismi
)
mehnat
muhofazasi, aholi va atrof–muhitni muhofaza qilishi ta’minlashi talab
etilib, shuningdek ishlar bajarilishi shartnoma va Loyiha–qurish hujjatlari
(LQH) talablariga mos kelishini baholash uchun zarur,
barcha turdagi nazorat
ishlarini bajarish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Mahalliy o‘z–o‘zini boshqarish
nazorat organlari talablari bo‘yicha loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
tarkibida qo‘shimcha materiallar ishlab chiqiladi.
Loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
tarkibidagi hujjatlarning shakli
va tarkibi ishlab chiquvchilar va buyurtmachilar qarab chiqishi asosida qabul
qilinib, QMQ va ShNK talablariga mos kelishi kerak,
foydalanuvchilar va
nazorat qiluvchi organlar uchun qulay shakldagi axborotlar asosida tuzib
chiqilishi talab qilinadi.
Loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
ishlab chiqariladigan tashkilot
standartlariga muvofiq tasdiqlanishi va qayddan o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.
Ob’yekt bo‘yicha umumiy holatda qurilish maydonida loyihaning
tashkiliy–texnologik hujjatlari tarkibidagi yechimlar bino va inshotlarni qurishda
ishtirok etishi nazarda
tutilgan barcha shaxslar, tashkilotlar uchun bajarilishi
majburiy bo‘lib ular tomonidan bu hol tilxat bilan qayd qilishgacha
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: