Dastur
Byudjet va mulk egasi tomonidan belgilangan muddatlarga mos
ravichda,loyiha maqsadlarining qisqacha tavsifi
Xomaki chizmalar
Dastur uchun mos keluvchi variantlarni o’rganish
Qabul qilihgan echimlarning davom
ettirilishi va rivojlantirilishi
Loyihalash
Pudratchiga taqdim etish uchun yakuniy
hujjatlarning tayorlanishi
Loyiha xujjatlari
0
10
30
60
100
Таyyorlik hisobida(%)
160
borishi yoki to‘xtab turganidan qat’i nazar, yig’ilib boradigan qimmatbaho
qog‘ozlar, foiz to‘lovlari qiymati omilini hisobga olish talab qilinadi.
Yakunlangan dastur foydalanuvchi tomonidan berilgan talablarga mos
ravishda kerakli maydon, ta’minot tizimlarining quvvati va tavsiflari, ob’yekt
qurilishining ehtimoliy muddatlari haqida malumotlarni aks ettirgan ko‘rinishda
beriladi. Mulk egasi ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda loyihalashga
kirishadi.
Xomaki loyiha
(
Schematic Design
) – binoning asosiy tavsiflari, uning
qismlarining o‘zaro joylashuv variantlarini belgilovchi bosqich hisoblanadi. Bu
vazifani bajarish uchun mulk egasi joy ajratilishini so‘rab, ajratilgan maydonni
o‘rganib chiqib tegishli ma’lumotlarni me’morga uzatadi.
Qurilish maydonini o‘rganib chiqish
(
Site Investigation
). Xomaki
loyihadan uni tuzishga o‘tishda qurilish uchun tanlab olingan maydonning to‘liq
hajmli tavsifi va shart–sharoitlarini batafsil bilish talab etiladi. Odatda bu ish
tegishli mutaxassislarni ishga jalb qilish asosida loyihalovchi me’mor tomonidan
bajariladi. Bajariladigan izlanishlar tarkibiga geologik shart–sharoitlarni tahlil
qilish kiradi, chunki bunga poydevor turlari, muhandislik inshootlari ushbu
shart–sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, qator vaziyatlarda bu hol smetaning keskin
ortib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qurilish maydonini transport yo‘llari,
kommunal tizimlari, aloqa tarmoqlari bilan ta’minlanishi ko‘rib chiqiladi.
Mehnat va moddiy–texnik resurslari bilan ta’minlanishi o‘rganib, har bir shtatda
mahalliy soliq to‘lovlari tartibining o‘zaro farqli xususiyatlari va boshqa ko‘plab
masalalar o‘rganib chiqiladi.
Ma’lumotnomalarda bir qator so‘rovnomalarning namunaviy shakllari
mavjud bo‘ladi. Shakllar tarkibida qurilishni amalga oshirishda muhim o‘rin
tutgan, maydonlarni tavsiflab kelgan omillarni qamrab oladigan yuzga yaqin
savollar keltiriladi. Bunda ushbu shakllar batafsil ishlab chiqilganligi uchun
menejer mehnatini oqilona tashkil etishga yordam beradi, uning vaqtini tejaydi,
161
xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimolini kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida, sarf–
xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Izlanish ishlari maydon va unga tutash hududlar rejalari bilan tanishishdan
boshlanadi. Bu ko‘rinishdagi rejalar (plan) mahalliy boshqaruv ma’muriyati
idoralarida mavjud bo‘lib, bu yerdan topografik plan, sharhlar, tuproq
qatlamlarini sinovdan o‘tkazish natijalariga oid qimmatli ma’lumotlarni ham
topish mumkin. Biroq bu ma’lumotlar eskirgan, ularni qayd qilish vaqtidan
farqli ravishda joriy davrda vaziyat o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Qurilish
amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maydonga tutash hududlarni tekshirish
davomida yaqin hududlarda joylashgan tadbirkorlik muassasalari va turar–
joylarga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik, kommunal tizimlari, transport va
boshqa tarmoqlarda buzilishlar yuzaga kelishi ehtimolini bartaraf qilish
maqsadlari ko‘zda tutiladi. Shuningdek, qurilish ob’yektiga materiallarni
yetkazib berish yo‘llarini o‘rganish, talab qilingan hollarda xususiy hududlar
orqali o‘tish yoki bu hududlarga kirish huquqini (
right of way
) tekshirish va
nisbatan tejamli transport sxemalarini ishlab chiqish o‘ta muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, buning uchun ko‘pincha hollarda mahalliy amaldorlar va qo‘shnilar bilan
muzokaralar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Juda katta ko‘lamli loyihalar uchun
izlanishlar uzoq davom etadigan va og‘ir jarayonlardan biri hisoblanadi.
Loyihalash
(
Design Development
). Izlanish jarayonida to‘plangan
ma’lumotlarni olgan loyihalash jamoasi me’moriy–rejalashtirish yechimlarining
bir necha variantlarini ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun mulk egasiga
taqdim etadi. Agar bu bosqichda quruvchilar ishga jalb qilinsa, bu holda ular
konseptual smeta hisob–kitoblarini tayyorlab, foydalanilishi kerak bo‘lgan
ashyo, buyum va konstruksiyalar hamda texnologiyalarning maqsadga
muvofiqligi va foydalanish imkoniyatlariga aniqlik kiritadilar.
Loyihalash qabul qilingan xomaki variant asosida bajariliish jarayonida
bo‘lajak foydalanuvchilar bildirgan talablar va alohida qismlar bo‘yicha
162
axborotdan foydalaniladi. Loyihani tuzib chiqishda me’morlar bilan birga
xomaki yechim muallifi muhandislar, zarur soha mutaxassislari ishtirok etadilar.
Murakkab tavsifli industrial va muhandislik inshootlarini (neftni qayta ishlash
zavodlari, tozalash inshootlari, yer osti yo‘llari va h.k.) loyihalashni
boshqarishda tegishli sohaning muhandisi, me’morlar maslahatchilar sifatida
ishtirok etadilar.
Smeta hisob–kitoblari qurilish amaliyotida ish olib boradigan
pudratchilardan olingan ma’lumotlardan foydalanib qayta ko‘rib chiqiladi.
Natijada loyiha qiymatlari birlamchi marketing sinovidan o‘tkazish maqsadida
qarab chiqish uchun mulk egasiga taqdim etiladi. Agar natijalar ijobiy, ya’ni
qiymatlar mulk egasining imkoniyatlariga mos kelsa, u holda yetarli ishonch
bilan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Bu bosqichda qurilish uchun tayyorlanadigan hujjatlar
tender (raqobat
asosidagi tanlov), pudrat shartnomani tuzish va qurilish maqsadlarida xizmat
qilib, 4.6–rasmda ularning uchchalasining bir butun yaxlitligi ko‘rsatilgan.
Texnik axborot grafik ko‘rinishda, ya’ni chizmalar va tavsiflar ko‘rinishida –
texnik shartlar shaklida (
Technical Specification
) taqdim etilgan bo‘lib, ular
o‘zaro bog‘liq va mustaqil mavjud bo‘lishi mumkin emas. Texnik shartlar (TSh)
tarkibiga grafik ko‘rinishda aks ettirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan axborot
kiritilib, loyihada qayd qilingan materiallar, konstruksiyalar, qurilmalar,
bajariladigan ishlar va shu kabilar bo‘yicha alohida qismlar asosidagi talablar
o‘z aksini topadi. Masalan, agar chizmalarda konditsionerlar ko‘rsatilgan bo‘lsa,
u holda texnik shartlarda ular miqdori, ishlab chiqaruvchining foydalanishga
qo‘yiladigan talablari, kafolat muddati, ehtiyot qismlarni olish imkoniyatlari va
shu kabi ma’lumotlar bayon etiladi. Loyiha hujjatlari orasida o‘zaro zid holatlar
qayd etilganida, texnik shartlardan foydalanish ma’qul deb topiladi.
|