Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
 
4.8. Tannarxning muhandislikka oid tahlili 
 
Amerikada qurilishlarda qiyin tarjima qilinuvchi atama – 
Value 
Engineering
atamasidan keng miqyosda foydalaniladi (keyingi o‘rinlarda bu 
atama 
Muhandislik tahlili
 – MT
deb keltiriladi), bu atama orqali har bir chiqim 
(sarf – harajat) sifatidagi yechimlarini tizimli tarzda tahlil qilish va uni 
kamaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritish tushuniladi. Quruvchilar bundan 
loyihani takomillashtirilishlari uchun qo‘shimcha qurol sifatida xizmat qiladi. 
Bunda, so‘zsiz ravishda, bajariluvchi ishlar darajasining pasaytirilishi, 
inshootning foydalanishga oid sifati yoki mulk egasining boshqa shu kabi 
talablari bo‘yicha har qanday ko‘rinishdagi sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 
o‘zgartirishlar kiritishi bundan mustasno. Ushbu muhandislik tahlil qiymatning 
pasaytirilishi (
cutting cost
) bo‘yicha chora–tadbirlardan farq qiladi.
Muhandislik tahlili
da, sifatni pasaytirmagan holda, qiymatni pasaytirish 
mumkin bo‘lgan yechimlarni topish maqsadida Loyihaning barcha qism, chizma 
va texnik shartlari o‘rganib chiqiladi.
Tahlil tarkibiga quyidagi masalalar kiritiladi: 


166 

narxlar; 

konstruksiya tizimlari va alohida qismlari; 

teng darajadagi yoki yaxshiroqlariga o‘rin almashtirish mumkin 
bo‘lgan materiallar; 

ishchi kuchlarini boshqa hududlardan jalb qilish; 

qurilishning muqobil (
alternativ
) usul (texnologiya)lari; 

tashkil qilish va rejalashtirish; 

sarflar qiymatining muvofiqligi. 
Ideal holatda Muhandislik tahlilning samarali tizimi loyihalash jarayonida 
mulk egasi, me’mor yoki muhandis va quruvchi birgalikda ishtirok etishi 
holatidan kelib chiqadi. Aks holda Loyihaga o‘zgartirishlar kiritilishda bahs–
munozaralar va ularning qiymatga ta’sir qilish ehtimoli yuzaga kelishini 
anglatadi. 
Biroq, qurilishda ko‘pincha holatlarda loyihalash va ishlarni bajarish 
tashkiliy va iqtisodiy jihatdan o‘zaro bir–biri bilan bog‘li emas, turli xil 
bajaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda albatta, tuzilmalari o‘zaro 
uyg‘un Loyiha–qurish firmalari va boshqalar bundan mustasno etiladi. 
Loyihalovchi ishlarni tashkil qilish va ishlar texnologiyalarining barcha 
imkoniyatlarini, shuningdek mahalliy shart–sharoitlar va Loyiha qiymatiga ta’sir 
ko‘rsatadigan boshqa omillarni hisobga olish darajasida ishlab chiqaruvchi – 
quruvchi (pudratchi) bilimlariga to‘liq ega bo‘lmaydi. Bu ko‘rinishdagi 
vaziyatlar ko‘proq darajada quruvchiga aniq namoyon bo‘ladi, bunda shartnoma 
tuzilganidan keyin, unga loyiha yechimlarini tahlil qilish imkonini berish va 
ishlar qiymatini pasaytirish rezervlarini qidirib topishga undash, o‘z navbatida, 
maqsadga muvofiq darajagacha foyda olinishini yuzaga keltiradi. Jumladan, bu 
hol tenderda ish bajaruvchi tomondan ariza (
oferta
) berilishi bilan ham 
izohlanadi.


167 
Tenderda nisbatan pastroq qiymat bergan takliflarni ko‘rib chiqish orqali, 
taqdim etilgan shartnoma talablarida o‘zgartirilgan yechimlar o‘z aksini 
qanchalik topganligini baholash talab qilinadi. Pudratchi qurilish uchun kerakli 
materiallar, ishchi kuchi, qurilmalar qiymatini tahlil qiladi, mulk egasi esa – 
pudratchilarning bajariladigan ishlari qiymatini, umumiy holda daromadlarni, 
foydalanish qiymati va energiya resurslari qiymati va shu kabilarni qarab 
chiqadi. Haqiqiy qiymatlarning sarflangan qiymatlarga nisbati mulk egasi nuqtai 
nazaridan Muhandislik tahlil indeksida o‘z aksini topadi: 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin