Qurilishni tashkil qilish loyihasi
loyiha yoki ishchi hujjatlar tarkibida bosh
loyihachi tomonidan yoki uning rahbarligi ostida boshqa loyihachi tashkilot
tomonidan ishlab chiqiladi.
Qurilishni tashkil qilish loyihasini (QTL) ishlab chiqish uchun quyidagi
boshlang‘ich ma’lumotlar
xizmat qiladi:
«Qurilishda investitsiyalarni asoslash» materiallari;
Muhandislik tadqiqotlari;
155
Qurilishning vaqtinchalik muhandislik tarmoqlari bilan, shuningdek
mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik ma’lumotlari;
bino va inshootlarning hajmiy–rejalashtirishga va konstruksiyalarga
oid yechimlari hamda ishga tushirish majmualarini loyihash bilan birga, asosiy
ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemalari;
erdan foydalanish shartnomasi yoki qurilishning vaziyatga oid rejasi;
shunga o‘xshash binolar va inshootlar bo‘yicha loyiha hujjatlari
ma’lumotlari;
qurilish uchun qurilish maydonidan tashqarida joylashgan hududlardan
foydalanish haqidagi ma’lumotlar;
ob’yektning muhandislik ta’minoti bo‘yicha texnik shartlar (TSh) yoki
qurilish hududiga tushib qolgan bino va inshootlarning buzilishi yoki
muhandislik tarmoqlarining qayta joylashtirilishi bo‘yicha qarorlar;
boshqa ma’lumotlar va chora–tadbirlar: jumladan, vaqtinchalik turar –
joylarni loyihalash zarurati, qayta konstruksiyalash davomida foydalanishga oid
xizmatlarning o‘zaro aloqalari, qurilishi belgilangan qurilishlarning uning
yaqinida joylashgan bino va inshootlarga ta’siri va boshqalar.
Qurilishni tashkil qilish loyihasining minimal tarkibi quyidagi hujjatlardan
tashkil topadi:
Qurilishning
taqvimiy rejasi (TR)
;
Talab qilingan hollarda qurilishning tayyorgarlik va navbatdagi
davrlari uchun alohida
Qurilishning bosh tarhi (QBT)
;
Tushuntirish xati.
Qurilishni tashkil qilish loyihasining nisbatan kengaytirilgan variantda
ishlab chiqilishi zarurati Quruvchi yoki Investor tomonidan qurilishga ruxsat
beradigan organ bilan kelishgan tarzda qabul qilinadi. Bu ko‘rsatmalar
loyihalash topshiriqlarida o‘z aksini topadi.
156
Ishlarni ishlab chiqarish (bajarish) loyihasi
bosh pudratchi yoki
subpudratchi tashkilot tomonidan, o‘z hisobidan yoki texnologik loyihalash
uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan tashqi bajaruvchi topshirig‘iga ko‘ra
ishlab chiqiladi.
Quyidagilar ishlarni bajarish loyihasi (IBL) uchun boshlang‘ich
ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi:
qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTL);
ishchi hujjatlar (IH);
namunaviy texnologik xaritalar;
mehnat resurslari xaritasi;
sifat bo‘yicha ko‘rsatmalar;
ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiquvchi tashkilotning
standartlari;
joriy me’yoriy hujjatlar (ShNK, QMQ, MUM – majmuaviy
umumlashtirilgan me’yorlar, ishlarni bajarish va qabul qilish bo‘yicha
ko‘rsatmalar, jumladan mehnat muhofazasi bo‘yicha, yong‘in havfsizligi
me’yorlari, sanitariya me’yorlari va boshqalar);
yuk ko‘tarish mashinalari va qurilmalaridan foydalanish va havfsizlik
qoidalari;
elektr qurilmalaridan foydalanish va tarmoqlardan texnik foydalanish
qoidalari;
konstruksiyalar, materiallar va qurilmalarni yetkazib berish shartlari.
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) pudratchi tashkilot rahbariyati tomonidan
tasdiqlanadi. Joriy ish faoliyatiga ega bo‘lgan sanoat hududlarida bino va
inshootlarning qurilishida ishlarni bajarish loyihasi korxonaning foydalanish
xizmati bilan kelishilgan holda tuzib chiqiladi.
157
Ob’yekt ishlarni bajarish loyihasining
minimal tarkibiga: q
urilishning
bosh tarhi yoki montaj mexanizmlari kiritilishi bilan birga texnologik sxema;
ishlarni bajarish loyihasining taqvimiy rejasi; texnika havfsizligi bo‘yicha
yechimlardan tashkil topadi.
Qo‘shimcha zarur xujjatlar ishlarni bajaruvchi tomonidan muhandislik
tajribasi asosida ko‘rib chiqiladi.
Ishlarni bajarish loyihasi va qurilish maydonini yuk ko‘tarish
mexanizmlari bilan jihozlash uchun
maxsus ruxsatnoma
(
order
) olish maqsadida
bosh pudratchi har bir binoga ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqib, uning
tarkibida quyidagi holatlar e’tiborga olinadi:
buyurtmachi bilan kelishgan holda quruvchi tomonidan tasdiqlangan
ob’yektni qurish grafigi;
montaj ishlari va havfli zonalarni belgilash bilan birga, montaj
kranlarini gorizontal va vertikal joylashtirish asosida ishlarni bajarish
loyihasining texnologik sxemalari;
montaj kranlarining boshqa qurilish mashinalari va qurilmalar bilan
birga ish bajarishi bo‘yicha maxsus chora – tadbirlar;
yuklarning osilish sxemasi va ko‘tarib bir joydan ikkinchi joyga
uzatiladigan yuklar og‘irligi grafiki;
konstruksiyalarni joyiga o‘rnatish (montaj qilish) bo‘yicha operatsion
nazorat sxemasi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar ichida yuklarni tashish, joylashtirish va montaj
qilish bo‘yicha mas’ul shaxsni tayinlash haqidagi buyruq kran (ko‘tarish
qurilmasi) egasining buyurtmachi bilan kelishilganini inobatga olib bosh
pudratchining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishlarni amalga oshirish
jarayonida kran ostidagi yo‘llarni yoki yo‘l qoplamalarini nivelirlash jurnali
158
yuritiladi va yuklarni osish hamda ular joylashtiriladigan moslamalarini davriy
sinovdan o‘tkazib turish jurnali tutiladi.
Minorasimon ko‘tarish kranlarini joylashtirish va ulardan foydalanish
Rosgortexnadzor mahalliy organi ruxsati bilan, qolgan yuk ko‘tarish
mashinalaridan foydalanish esa–tashkilotning bosh muhandisi ruxsatiga muvofiq
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |