Toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilishda loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

4.5. Qurilishda loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash 
 
Bozor munosabatlari sharoitida investitsiya loyihalarining iqtisodiy 
samaradorligi birlamchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Samaradorlikning 
baholanishi, birinchi navbatda, innovatsion loyihalarga mablag‘ va vositani 
sarflovchi xususiy mulk egalari – investorlar pozitsiyasidan amalga oshiriladi. 
Keltirilgan so‘nggi holat, ya’ni innovatsion loyihalar fan va texnologiyalar 
(shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish, ijtimoiy sohalarda) 
sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni amaliyotga joriy qilishni belgilab beradi. 
Pudratchi – quruvchi uchun baholashlar buyurtmaning bajarilishida uning 
faoliyatining iqtisodiy samaradorligi qiymatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Samaradorlik qiymati taxminiy sarf–xarajatlar va natijalar bitta loyihani 
tahlil qilish davomida yoki loyihalar variantlarini o‘zaro solishtirish asosida 
tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash 
bo‘yicha joriy ko‘rsatmalar* dunyo miqyosidagi amaliyot tajribalariga muvofiq 
keladi va bunda o‘tish davrida MDH davlatlarida qaror topgan iqtisodiy 
munosabatlar asosida ayrim tuzatishlar kiritilgan.
Hisob–kitoblarning tarkibi va ko‘lamiga bog‘liq, samaradorlikni 
baholashning mo‘ljallanilishini o‘zaro farqlash talab qilinadi. Keng ko‘lamdagi 
baholashlarda tijorat mazmunidagi, byudjetga oid yoki xalq xo‘jaligiga tegishli 
samaradorlik o‘zaro farqlanadi.
Tijorat mazmunidagi samaradorlik 
investor uchun u yoki bu loyihaning 
bajarilishi yakuniy natijalarini aniqlash maqsadida hisoblab chiqiladi. Loyihani 
amalga oshirish natijalari mahalliy hokimiyat organlari, hududlar va federal 
miqyosda hokimiyat organlari uchun 
byudjetga oid samaradorlik
qiymatida aks 
ettirilib, bu qiymat loyihaning bevosita yoki bilvosita byudjet mablag‘lari 


152 
hisobiga moliyalashtirilishi va uni ro‘yobga oshirishdan olinadigan daromadlar 
o‘rtasidagi farqlanishlar asosida hisoblab chiqiladi.
Xalq xo‘jaligiga tegishli samaradorlik
ko‘rsatkichi esa – investorlarning 
bevosita moliyaviy manfaatlari chegaralari doirasidagi sarf–xarajatlar va 
natijalarni hisoblash uchun foydalanilib, alohida organlar va umumiy holda
hududiy va davlat miqyosidagi manfaatlarni o‘zida aks ettiradi.
Tarkibiga ko‘ra moliyaviy, iqtisodiy, resurslarga oid, ijtimoiy va iqtisodiy 
samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar
faqat investorning pul mablag‘lari harakatini 
hisobga olish bilan aniqlanadi.
Iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari nafaqat moliyaviy manfaatdorlikni, 
balki barcha turdagi sarf – xarajatlar va natijalarning qiymat shakllarini hisobga 
olishni ham nazarda tutadilar.
Resurslarga oid samaradorlik
investitsiyalarning ishlab chiqarish hajmi 
va turli resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar qiymatini nazarda tutadi va tabiiy 
birliklarda aks ettiriladi.
Ijtimoiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari loyihaning bajarilish natijalarining 
ijtimoiy sohada baholanishida foydalaniladi (turar–joylar sharoitlarining 
yaxshilanishi, aholi punktlari infratuzilmalarining yaxshilanishi, ishchi 
o‘rinlarining ortishi va sh.k.).
Ekologik samaradorlik
ko‘rsatkichlari esa – loyihaning ro‘yobga 
oshirilishining atrof – muhitga (tuproq qatlami, suv havzalari, o‘simliklar 
dunyosi va sh.k.) ta’sirini o‘zida aks ettiradi. 
Yuqorida eslatib o‘tilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, baholash uchun asosiy 
ko‘rsatkich bo‘lib – 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin