Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
 
4.7. Xorijda loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Loyihalash ishlarini amalga oshirishga kirishishda mulk egasi loyiha 
firmasini ishga yollaydi yoki bu vazifani boshqaruv firmasining boshlig‘iga 
topshiradi, u o‘z navbatida loyihalashtiruvchi kompaniyadan foydalanadi. 
Loyihalash bosqichida ishlab chiqarish ishlari masalalari bo‘yicha maslahat 
olish uchun qurilish tashkiloti yoki mustaqil faoliyat olib boruvchi mutaxassislar 
ishga jalb qilinishi mumkin. Xorijda injiniring firmalari yoki yirik 
kompaniyalarning shunga o‘xshash bo‘linmalari ancha rivojlangan.
Injiniring 
– bu tijorat asosida loyihaning konseptsiyasi ishlab 
chiqilishidan foydalanishga topshirilgunga qadar investitsion siklning barcha 
bosqichlarida xizmatlar ko‘rsatish majmuasidan tashkil topadi.
Loyihalash jarayoni 4 ta alohida bosqichdan tashkil topadi (4.5 – rasm). 
Loyihalash vaqti o‘rtacha hisobda qurilishning umumiy vaqtining 25 – 40% 
qismini tashkil qiladi [4].


159 
 
4.5-rasm. Loyihalashning to‘rtta bosqichi 
 
Dastur
(O‘zbekiston
amaliyotidagi texnik topshiriq yoki loyihalash 
topshirig‘iga o‘xshash
) – o‘z tarkibida loyihalanishi kerak bo‘lgan binoga 
(inshootga) qo‘yiluvchi talablar – jumladan, maydoni, qurilmalari, 
texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish tizimlari va shu kabilarni qamrab olgan yozma 
shakldagi hujjat hisoblanadi. Dastur mulk egasi tomonidan yoki binodan 
foydalanuvchi tomonidan, me’mor, muhandis yoki maxsus yollangan 
professional mutaxassislar tomonidan yozib chiqilishi mumkin, biroq har 
qanday holda ham foydalanuvchi asosiy o‘rin tutib, chunki faqat u ishlab 
chiqarish bo‘yicha ma’lum aniq turdagi betakror bilimga ega hisoblanadi. 
Dasturning tavsiflari mulk egasining qurilish jarayonida sinovdan o‘tish 
darajasiga va inshootning murakkabligiga bog‘liq. Agar mulk egasining bilimi 
yetarli bo‘lmasa, u holda tajribali ishlab chiqaruvchi ishga jalb qilinib, u mulk 
egasini zarur axborot bilan ta’minlashi va ularni dastur tarkibida aks ettirishi 
talab qilinadi. Juda murakkab loyihalarda, hatto, o‘ta faol mulk egasi ham 
mutaxassislarni ishga jalb qilishmay iloji yo‘q. Mutaxassis – quruvchi birlamchi 
smeta hisob–kitoblarini ta’minlab, taqvimiy rejani ishlab chiqadi va qurilishda 
texnologik jihatlar nuqtai nazaridan maslahatlar beradi. Bu bosqichda qiymat 
qurilish grafigi bilan bog‘lanish asosida qarab chiqiladi, bunda qurilishning 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin