3
SO‘Z BOSHI
“Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish”
kursi oliy ma’lumotli
quruvchi-muhandis bakаlavrlarni tayyorlashning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Ushbu fanda talabalar o‘zlashtirgan jami bilimlarini uyg‘unlashtirib amaliyotda
ishlatish uchun qurilish ishlab chiqarishni tashkil
qilish va boshqarishning
zamonaviy holati va istiqbollari, nazariy asoslari hamda amaliy ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
O‘quv qo‘llanma qurilish yo‘nalishida ta’lim oluvchi оliy ta’lim
muassasalari va fakultetlar talabalari uchun umumiy hisoblanadi. O‘z-o‘zidan,
ushbu kitobning bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va davlat
boshqaruvi, shuningdek, axborot texnologiyalari hamda hisoblash texnikasining
barcha boshqaruv muhitlarini qamrab olishga intilishi bilan chambarchas
bog‘liqlikda, ushbu fan sohasi uchun betakror qiymatga ega bo‘lgan fakt
sifatida o‘rin tutadi. Ushbu kitob infrastrukturaning qurilishi mumkin bo‘lgan
barcha turlariga daxldorligini - qurilishni tashkil
qilish uchun bugungi kunda
asos bo‘la oladigan yagona universal o‘quv qo‘llanma ekanligini tan olish kerak.
U ilmiy, loyiha, qurilish ishlab chiqarishi amaliyotida
faoliyat olib boruvchi
mutaxassislar orasida ham keng doirada ommalanishi kutiladi.
Qoʻllanmada mualliflarning zamon bilan hamnafas olg‘a qadam
tashlashlari hamda qurilish fani va amaliyotining qo‘lga kiritgan yutuqlarini aks
ettirishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, yana bir o‘ziga xos xususiyati –
qurilish ishlab chiqarishni
tashkil qilish va boshqarishga bag’ishlangan o‘quv qo‘llanma mualliflari
tomonidan chuqurlashtirilgan nazariy ishdan iborat bo‘lib qolmasligi,
balki
asosan qurilish amaliyotida to‘plangan amaliyot tajribasini umumlashtirishga
tayanganini qayd etib o‘tish o‘rinli. Bunda, albatta oldingi o‘rinlarga olib
chiqilgan yo‘nalishlar va misollar bilan birgalikda aralash tavsifdagi “
nisbatan
4
ko‘proq darajada ilmiy”
fan sohalarini qamrab oluvchi axborotlar zarurati rad
etilmaydi.
Mualliflar tomonidan Amerika usulida qurilishga oid tadbirkorlikni
tashkil qilishning tuzilmasi va uslublari masalasi bayon qilinib, bunda birinchi
navbatda kasbiy mahorat darajasidagi (
professional
)
boshqaruv masalalari
bo‘lajak muhandis-quruvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi talab qilinishi qayd
etib o‘tiladi.
Ushbu kitob nashri ishlab chiqarishni tashkil qilishda mamlakatda yuz
berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy tub o‘zgarishlar, shuningdek, qurilish sohasida
va pudratchi tashkilotlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holatdan
kelib chiqib keltirilgan.
Kitobda bozor munosabatlariga xos bo‘lgan,
yangicha tashkiliy
yondashuvlar o‘zbek modeli kesimida ko‘rsatib berilgan. Bu boshqaruvning
tashkiliy-huquqiy asoslari va shakllari universitetdagi jarayonning
yangi
ishtirokchilari, tashkilotlar ishlari tarkibi va uslublaridagi o‘zgarishlar, qurilish
ishlab chiqarish ta’minotiga bag‘ishlangan bo‘limlarda o‘z aksini topgan.
Shuningdek, lizingning roli qurilishga oid texnika parkining tezkor yangilanishi
bo‘yicha zamonaviy vosita va ishlarni mexanizatsiyalashtirishning yangi
darajasiga chiqish sifatida bayon qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma quruvchi-muhandis bakalavrlarni tayyorlash
uchun zarur va shuningdek, qurilish amaliyoti sohasida faoliyat olib boruvchi
ishchi-xodimlar uchun ham foydalidir.