Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

xo‘jalik uslubi
ustuvorlik qilishi kuzatilgan. Qurilishni boshqarish qurilajak yoki qayta 
quriluvchi zavod va fabrikalar ma’muriyati tomonidan ya’ni xo‘jalik uslubida 
amalga oshirilgan. Qurilish ishlari tugallanganidan keyin, ayrim holatlarda 
qurilish rahbariyati ular tomonidan qurilgan korxonalarda ishlab qolishlari qayd 
qilingan. Bu ko‘rinishdagi tizim qurilishda doimiy tarkibdagi kadrlarning 
shakllantirilishiga to‘sqinlik qilgan, shuningdek tajribaning to‘planib borishi va 


12 
tizimga solinishi, sohaga oid moddiy – texnik bazaning yaratilishiga zid 
hisoblangan. Qurilish ishlari amalga oshirilgan yillar davomida ko‘plab 
qurilishga oid kasblarni o‘zlashtirgan ishchilar bir vaqtning o‘zida o‘zlarining 
zavodda ish faoliyatlarini davom ettirishlari uchun qayta tayyorlanishga 
ulgurishmagan. Natijada esa, qurib bitkazilgan zavod yana uzoq yillar davomida 
o‘zlashtirilish davrini bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Shunday qilib, qurilish va 
sanoat ishlab chiqarish manfaatlari zarar ko‘rishi qayd qilingan. 
Qurilishda 
pudratchilik
uslubi
ga o‘tilishi xalq xo‘jaligining qurilish 
sohasini shakllantirilishi uchun qulay shart–sharoitni yuzaga keltirgan. Bu davr 
davomida qurilishni tashkil qilish masalasi mamlakat hukumatining diqqat – 
e’tiborini o‘ziga jalb qilgan. 1931 yilda mamlakatda birinchi marta Qurilishni 
tashkil etish Yetakchi loyihalash va ilmiy tadqiqot instituti (
Giproorgstroy

(joriy davrdagi Qurilishni tashkillashtirish, mexanizatsiyalashtirish va texnik 
yordam ko‘rsatish Markaziy ilmiy tadqiqot instituti – QTMTYOMITI) tashkil 
qilingan, bu institut qurilishni tashkil qilish bo‘yicha dastlabki 
me’yoriylashtirishga oid hujjat hisoblangan – «Ishlab chiqarish ishlarini tashkil 
qilishni loyihalash bo‘yicha materiallar» hujjatini ishlab chiqqan. Oliy o‘quv 
yurtlarida dastlabki qurilish ishlab chiqarish kafedralari o‘z faoliyatini 
boshlagan. 
Bu davrga kelib, so‘nggi vaqtlargacha mavjud bo‘lgan shakllarga 
qurilishda tashkiliy shakllarga yakuniy ko‘rinishda aniqlik kiritilgan, shuningdek 
qurilish bo‘yicha barcha ishlar majmualarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi, 
ixtisoslashtirilgan pudratchi tashkilotlari va qurilishda Loyiha hujjatlari va 
moliyalashtirishni ta’minlovchi, bajarilgan ishlarni qabul qiluvchi va korxonani 
foydalanishga tayyorlovchi buyurtmachi funksiyalarida farqlanish qayta qarab 
chiqilgan. 
1930 yillar boshlarida yig‘ma temirbeton konstruksiyalar bilan ish olib 
borish nafaqat yangiligi tufayli psixologik jihatdan qo‘rqish hissi ta’sirida, 


13 
shuningdek bu soha odatlanilmagan yo‘nalish hisoblanganligi va kerakli 
texnologiyalar hamda asbob-uskunlar, qurilmalarning mavjud emasligi sababli 
juda sekinlik bilan amalga oshirilgan. Qurilish industriyasi sohasida zavodlarda 
katta ko‘lamdagi moliyaviy vositalarni sarflash uchun hali iqtisodiy shart–
sharoitlar pishib yetilmaganligi uchun ham bu rivojlanish yo‘li istiqbolli 
yo‘nalish sifatida tan olinmagan. Barcha temirbeton yig‘malari, yog‘ochdan 
ishlangan va ko‘proq miqdordagi metaldan yasaluvchi konstruksiyalar qurilish 
maydonlarida va tashkil qilingan vaqtinchalik poligonlarda tayyorlangan. Bu 
davrda metall konstruksiyalar va temirbeton yig‘malarini tayyorlovchi dastlabki 
zavodlar qurila boshlangan. 
1930 yillarning oxirlariga kelib, ishlab chiqarishga oid – texnik bazani 
yaratish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 
qurilish industriyasiga tegishli yordamchi korxonalar emas, balki mustaqil 
faoliyat olib boradigan dastlabki zavodlar qurildi.
Urush yillariga qadar uch yarim yil davomida 3000 dan ortiq yirik 
korxonalar ishga tushirilgan. 1939 yilda mamlakat tarixida birinchi marta 
qurilish Vazirligi, ya’ni, Sobiq Ittifoq qurilish xalq qo‘mitasi (

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin