10
fabrikalarning qayta qurilishi (
rekonstruksiya
) va kapital ta’mirlanishi bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlar ustuvorlik qilgan, biroq ushbu
davrda bir qator yirik
ob’yektlarning ham qurilishi boshlangan. 1927-yilga qadar 2000 dan ortiq
korxonalar qurib bitkazilgan bo‘lib, ular orasida Moskva yoritkichlar (
projektor
)
zavodi, Yaroslav motor zavodi va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu
yillarda qurilishlar ko‘lami har yili o‘sib borishi qayd qilinadi.
Bunday ko‘rinishdagi yirik zavodlar uchun – Yugstal, Metallurgstroy,
Ximstroy, Teplobeton, Tekstilstroy, Vodokanalstroy, Stroitel (Moskva hududida
sanoat inshootlari qurilishi), Mosstroy (Moskva hududida turar-joylar qurilishi)
va boshqa ko‘plab qurilish sohasi bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan, yangi pudratchi
qurilish trestlari tashkil qilingan. Ularning tashkil qilinishi bilan Davlatqurilish
(
Gosstroy
) tugatilgan va trestlar sohaga tegishli Xalq qo‘mitalariga (
Narkomat
),
ya’ni Vazirliklarga bo‘ysindirilgan. Ushbu ko‘rinishda, qurilishda sohaga oid
ixtisoslashtirish asoslariga poydevor qo‘yilgan.
Biroq, idoralarga oid tarqoqlik mamlakatda
yagona texnik siyosatni
yuritishga halaqit bera boshlagan.
Qayta tiklash davri tugallanishi bilan, loyihalash yechimlari
takomillashtirilgan, yangi qurilishlarning ustunlik qilish davriga o‘tilgan, bu
davrda ishlarni olib borish uslublari ham o‘zgargan.
Jumladan, monolit
temirbeton konstruksiyalardan foydalanish kengaygan va beton qorishmalarini
tayyorlashni mexanizatsiyalashtirish rivojlantirilgan.
Hali xorijiy ishlab
chiqaruvchilardan sotib olinish hisobiga bo‘lsada, qurilish trestlari ekskvatorlar,
skreper (tuproq tashuvchi va yer tekislovchi mashina), harakatlanuvchi ko‘tarish
qurilmalari (
kran
) va boshqa turdagi mexanizmlar bilan ta’minlangan. Qurilish
maydonlarida ustachilik – duradgorlik, temirchilik – armatura (
po‘lat chiviq
)
bilan ish olib boruvchi ustaxonalar bunyod etila boshlangan. Bu davrga kelib,
xususiy pudratchilik o‘rnini davlat tashkilotlari egallagan.
11
1927-yilda qurilish bo‘yicha qo‘mita tashkil qilingan bo‘lib, bu qo‘mita
tomonidan qurilish rejalarini tasdiqlash va umumiy boshqarish masalalarini
yechish amalga oshirilgan.
Birinchi besh yillikda (1928-1932 yillar) qurilishda
ulkan yuksalishlar
ro‘y bergan – jumladan, qurilishga sarmoya sarflash miqdori bir necha martaga
ortgan. DneproGES, Stalingrad traktor zavodi, Gorkiy avtomobil zavodi (GAZ)
va (Lixachev nomli zavod (ZIL), Magnitogorsk va Chelyabinsk metallurgiya
kombinatlari kabi ko‘plab industriya gigantlari aynan ushbu davrda qurilgan.
Qurilish dasturlarining muvafaqqiyatli bajarilishi natijasida mamlakat qishloq
xo‘jaligiga ixtisoslashgan (
agrar
) mamlakatdan industrial (ishlab
chiqarishga
yo‘naltirilgan) mamlakatga aylantirilgan. Qurilishning rivojlantirilishining
asosiy yo‘nalishlari – bu ishlarni pudratchilik asosida olib borishga o‘tish,
qurilishning mexanizatsiyalashtirilishi va loyihalashda namunaviy yechimlardan
keng foydalanish amalga oshirilgan. Besh yillikning oxiriga kelib, mamlakatda
uch yuzdan ortiq qurilish trestlari ish olib borishi qayd qilinadi.
Ikkinchi besh yillik davomida (1933-1937 yillar) qurilishga sarmoya
(
kapital
) sarflash hajmi birinchi besh yillikka nisbatan
qariyb ikki martagacha
o‘sgan, 4500 ta korxona qurilishi boshlangan, jumladan yirik issiqlik elektr
stansiyalari, GES, Novolipetsk metallurgiya zavodi va Ural og‘ir
turdagi
mashinalar ishlab chiqarish zavodi va boshqa sanoat ishlab chiqarishning ulkan
korxonalari qurilishi amalga oshirilgan.
1930 yillarning birinchi yarmiga qadar qurilishda
Dostları ilə paylaş: