20
ustuvorlik qilishi qayd qilindi. Bu holat qurilishda bosqichlar bo‘yicha
tarqoqlikni yuqotish va investitsiya siklining ancha qisqartirilishini ta’minlashga
ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston g‘arb mamlakatlari quruvchilaridan o‘z
texnik bilimlari
bo‘yicha qolishmaydigan yuqori malakali muhandislar va ishchi–xodimlarga
ega. Biroq, mamlakatda qurilish boshqaruvida huquqiy va iqtisodiy madaniyat
darajasidagi oqsash mavjudligi,, shuningdek ish bajarishda aniqlik va puxtalik,
boshqaruv faoliyatining
asosini tashkil qiluvchi, zamonaviy axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikma
yetishmasligi ko‘zga tashlanadi. Qurilish ishlab chiqarishi
rahbariyati uchun
hozirgi vaqtda faqat muhandislik bilimlariga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas.
Qurilish ishlab chiqarishi tashkilotlari oldida kompyuterlashtirish va
professional boshqarishdan tashkil topgan ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishga
asoslangan zamonaviy ish bajarish uslublarini o‘zlashtirish masalasi ko‘ndalang
turadi. Bu tajribaning asosiy g‘oyasi ishlab chiqarishni boshqarish – bu
shunchaki har qanday odam shug‘ullan-a oladigan faoliyat bo‘lmay,
balki
tegishli bilim va malaka talab qiluvchi,
mustaqil, alohida kasbiy faoliyat
hisoblanadi. Ko‘pgina mutahassislar nuqtai nazariga ko‘ra, bo‘lajak muhandis –
quruvchilar o‘z kasbni sa’nat darajasida o‘zlashtirishlari talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: