32
nazarda tutilmaydi, balki sobiq Ittifoq hududida
va joriy Rossiya hududida
mehnatni tashkil qilishning brigada shaklining o‘ziga xosliklari, inqilob
davrigacha mavjud bo‘lgan artellarga xos xususiyatlarning saqlanib qolishi,
mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasida ish taqsimlanishi va mehnatga haq to‘lashda
jiddiy farqlar kuzatilishi kabilar e’tiborga olinadi.
Shakliga ko‘ra turli brigadalardan foydalanishning asosiy sababi – bu
majmuaviy holatlar bilan bog‘liq, yakuniy mahsulot –
materiallar va
mexanizmlar bilan ta’minotda surunkali to‘xtalishlar hisoblanib, bu holat yaqqol
yashirin tavsifli to‘xtalishlarga olib keladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun
turli kasblarning birlashtirilishidan foydalanish tavsiya qilinadi, bunda brigada
a’zolari o‘z ish joyini tashlab ketmagan holda resurslar bilan ta’minlangan
boshqa turdagi ishlarni bajarish nazarda tutiladi. Ob’yekt bo‘yicha
barcha
qurilish ishlari majmuini bajarish uchun yiriklashtirilgan, ya’ni yakuniy
mahsulotni yaratib ob’yektni to‘liq topshiradigan brigadalarni tashkil qilish
qurilishda brigada uslubining takomillashtirilishiga olib keladi.
Bu holda
mazmun–mohiyatiga ko‘ra, o‘z–o‘zini tashkil qilish hisobiga vaqtida
ta’minlanmaslik tufayli vaqt yo‘qotilishini kamaytirish imkonini beradigan
mehnat jamoasi tashkil qilinadi. Shunday qilib, qurilish rahbariyati o‘z
ishlab
chiqarishida tashkilotchilik funksiyasini brigada va brigada boshliqlari
zimmasiga yuklashi qayd qilinadi. O‘z davrida bu holat ijobiy natija berishi
kuzatilgan.
Ko‘rsatib o‘tilgan shakllar ommaviy tarzdagi malaka talab qilmaydigan
ishlarni bajarishda quyi malakali ishchilarni
birlashtirishga xos hisoblanib, bu
esa ishlab chiqarish va umumiy holatda jamiyatning zamonaviy rivojlanish
darajasi shart–sharoitlari va talablariga nomuvofiq hisoblanadi, ya’ni zamonaviy
shart–sharoitlar tor doirada ixtisoslashtirilgan yuqori malakali va unchalik katta
tarkibga ega bo‘lmagan zvenolardan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Qurilishning o‘ziga xos yettinchi xususiyati – bu
Dostları ilə paylaş: