33
alohida shakli
bilan belgilanadi. Faqat qurilishda
asosiy qurilish mashinalari
boshqa tashkilot (MB – mexanizatsiya boshqarmasi va boshqalar) ishchilari
tomonidan boshqariladi, shu mashinalar yordamida bajariladigan ishlarni amalga
oshiruvchi brigadalar esa – boshqa tashkilotlarga mansub bo‘ladi. Vaziyatning
o‘ziga xosligini ko‘rsatish maqsadida biror ishlab chiqaruvchi zavod sexlarining
boshqa zavod ishchilari va mos ravishda boshqa rahbariyatga bo‘ysinadigan
ishchilar tomonidan boshqarilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Qurilishning o‘ziga xos sakkizinchi xususiyati – bu
kooperatsiyalarning
o‘ziga xos shakli
bilan belgilanadi. Qurilish ishlab chiqarishida faqat unga xos
kooperatsiya shakllaridan foydalaniladi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda
bu holat asosan zavod (buyurtmachi, iste’molchi) – ta’minotchi o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar bilan chegaralanadi. Muayyan mashinalarni ishlab
chiqarishda qo‘shimcha bajaruvchilar o‘z mahsulotini ishlab chiqarishning
tashkil qilinishi va texnologiyalardan mustaqil bo‘lishi,
bunda faqat tegishli
qismlar yoki mashinalarni ta’minotchilar bajarishi qayd etiladi.
Qurilishda qo‘shimcha bajaruvchilar – ya’ni subpudratchilar ob’yekt
qurilishi bo‘yicha qurilish maydonida o‘zlariga tegishli ishlarni bajaradilar, lekin
qurilish mahsulotining asosiy yaratuvchisi hisoblangan – bosh pudratchi bir
vaqtning o‘zida asosiy fondlardan (vaqtinchalik inshootlar, binolar) foydalanib,
shuningdek bir xildagi mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holatda ishlarni
tashkil qilish va texnologiyasini joriy qilish huquqiga ega. Bunda bosh pudratchi
maqsadiga subpudratchilarning manfaatlari to‘g‘ri kelmasligi inobatga olinib, u
ishlab chiqarishning asosiy tashkilotchisi deb belgilanadi. Subpudratchi
tashkilotlarning ko‘p sonliligi va murakkab tavsifga ega bo‘lgan texnologik
o‘zaro bog‘liqliklar qurilish ishlab chiqarishi boshqarish
jarayonining chuqur
ehtimoliylik xususiyatini belgilab beradi.
Yuqorida keltirilgan ikki o‘ziga xos xususiyat, qayd etish lozimki, tarixiy
jihatdan qaror topgani kuzatiladi: «...taqchillik mantiqi ta’siri qayd qilinadi:
ya’ni, o‘z navbatida baza va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning quvvati yetarli
34
emasligi va qurilish ishlab chiqarishida cheklanishlarni belgilab berishi
kuzatilib, shu sababli ularning xususiy mezonlari bo‘yicha ishlar yakuniy
hisobda shu sharoitlar va umumiy holda qurilish
tizimi samaradorligi uchun
maksimal holda yuzaga keltiriladi... Natijada, o‘z xususiy manfaatlari doirasida
faoliyat yuritadigan mustaqil mexanizatsiya tashkilotlari, qurilish industriyasi va
transportga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vujudga kelishi qayd qilinadi...»*
1
.
Qurilishda o‘zaro munosabatlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,
subpudratchilar o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarning o‘zi bilan cheklanib
qolmaydi. Jumladan, bu holatda buyurtmachi,
loyihalash tashkilotlari,
materiallar va boshqa resurslarni yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar
ham yetarli darajada murakkabligi qayd etiladi.
Ixtisoslashish markazlashtirishdan qochish xususiyatiga ega bo‘lib, turli
xil kombinatsiyalash tashkiliy shakllariga, masalan uy–joylar qurilishi
kombinatlari (UJQK) kabi shakllariga muvaffaqiyatli
raqobat qilishi qayd
qilinadi. Yaqin istiqbolda yuqori darajada yopiqlik xususiyati bilan
tavsiflanadigan: ishlab chiqarish – qurilish; loyihalash – qurilish; loyihalash –
ishlab chiqarish – qurilish tizimlari rivojlanishi kutiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida talab
va taklif mexanizmlarining
o‘zlashtirilishi bilan ixtisoslashtirilishi bo‘yicha subpudratchi tashkilotlarning
miqdoridagi mutanosib uyg‘unlik yuzaga keladi, tanqislik, yetishmaslik
masalasi
hal qilinib, o‘z navbatida yakuniy natijaga erishish uchun qurilishda
barcha ishtirokchilarning mas’uliyatni his qilish darajasi ortadi.
Dostları ilə paylaş: