48
tashkil qilib, nominal (belgilangan) qiymatga teng ma’lum
miqdordagi
aksiyalarga bo‘lib chiqiladi va aksiyador o‘z hissalari (
aksiyalar paketi
)
doirasida huquqqa va o‘z navbatida, tegishli javobgarlikka ega bo‘lishlari qayd
etiladi. Aksiyadorlik jamiyatida quyidagi uch boshqaruv organi mavjud:
Aksiyadorlik yig‘ini
– aksiyadorlik jamiyatining oliy organi;
Direktorlar Kengashi
– xo‘jalik va kadrlarga oid qarorlar asosida qabul
qilinadi;
Boshqaruv Raisi (prezident va h.k.)
va uning apparati
–
ijro organi
hisoblanadi.
Ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro farq
aksiyalarga egalik qilish uslublari asosida belgilanadi. Yopiq aksiyadorlik
jamiyatida aksiyalar uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlansa, ochiq aksiyadorlik
jamiyatida–aksiyalar oshkoralik asosida obuna tartibida sotiladi.
Yopiq
aksiyadorlik jamiyatlari rivojlanishi davomida ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirilishi mumkin bo‘lib, bunda qo‘shimcha
aksiyalar erkin
sotuvga qo‘yiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatida aksiyalar moliya birjalarida
muomalaga (
kotirovka
) qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: