Toshkent arxitektura qurilish instituti


Yakka tartibdagi xususiy korxona



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Yakka tartibdagi xususiy korxona
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi 
asosida, fuqarolar yoki ular oila a’zolarining xususiy mulkka egalik huquqini 
belgilab beradi. Keltirilgan so‘nggi holda, agar ular o‘rtasida boshqacha tavsifli 
shartnoma imzolanmagan bo‘lsa, u holda korxonaning har bir ishtirokchisi o‘z 
mutanosib ulushiga ega hisoblanadi. Bu ko‘rinishdagi firma egasi faqat o‘zining 
kuchiga, tashabbuskorligi va kvalifikatsiyasiga tayanib ish ko‘rishi mumkin, 
biroq shu bilan birga, har qanday yuqoridan tusuriladigan reglament va 


50 
g‘amxo‘rlik (vasiylik) ta’sirlardan ozod hisoblanadi. Yakka tartibdagi korxona 
egaligining o‘ziga xos belgilaridan biri–qaror qabul qilish erkinligi, 
moslashuvchanlik va faoliyatida tezkor harakat qilish erkinligi bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida yakka tartibda faoliyat yurituvchi 
korxona egalari qurilish xizmatlari ko‘rsatish sohasining boshqa nisbatan yirik 
korxonalari bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha olib, bunda u nafaqat tezkorlikka 
asoslangan, balki tannarx bo‘yicha ham ustunlikga egaligi qayd etiladi. Shunday 
qilib, u amaliy tavsifdagi ustama xarajatlarga ega hisoblanadi va mehnat 
munosabatlari bo‘yicha qat’iy tartibda belgilangan reglamentatsiyalarga bog‘liq 
emas. Masalan, AQSHda milliondan ortiq yoki boshqacha aytganda, umumiy 
holda deyarli 70% qurilish firmalarida yollanma ishchilar yo‘q va ular oilaviy 
(
Self employed sotranu
) faoliyat olib borib, jumladan buyurtma asosida xususiy 
mijozlar uchun bo‘yoqchilik ishlari, parket, plitka terish, konstruksiyalar 
o‘rnatish, g‘isht terish, duradgor–ustachilik, santexnika, elektr–montaj va 
boshqa turdagi ishlarni bajaradilar. Ular ofislar, kichikroq tijorat ob’yektlarini, 
restoranlar va boshqa xizmat ko‘rsatish tizimiga tegishli ob’yektlarni ta’mirlash, 
qayta tiklash va turar-joylarni kapital ta’mirlash kabi ishlarga muntazam jalb 
etiladi. Firma xo‘jayini uning malaka darajasini tasdiqlaydigan tegishli 
ruxsatnoma (
litsenziya
)ga ega bo‘lishi talab etilib, shuningdek oldindan nazarda 
tutilmagan tartibda yuzaga keladigan vaziyatlardan sug‘urtalangani haqida 
polisga ega bo‘lishi zarur.
Federal hukumat va mahalliy hokimiyat organlari kichik biznesga 
(tadbirkorlikka) doimiy ravishda va keng ko‘lamda e’tibor qaratib, faoliyatini 
kafolatlaydi, huquqiy jihatdan quvvatlaydi. Davlat miqyosidagi, mahalliy o‘z – 
o‘zini boshqarish hokimiyatlari va ijtimoiy tashkilotlar tarmoqlari yakka 
tartibdagi korxona egaligi yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan – Kichik 
biznes Byurosi (
Small Bisiness Bireau
), Tijorat palatasi (
Chamber of 
Commerce
) va boshqa ko‘rinishdagi tashkilotlar bilan doimiy aloqalarni 


51 
o‘rnatgan. Birlamchi sarf-xarajatlar va joriy ehtiyojlar uchun ularga ustuvorlik 
asosida va imtiyozli tartibda kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi miqyosida hukumatning ushbu faoliyat shakliga 
nisbatan to‘g‘ri va faol munosabatlari shakllantirilishi sharoitida yakka 
tartibdagi qurilish va sohaga oid xususiy korxonalar keng ko‘lamda va tezkor 
rivojlantiriladi. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin