Toshkent arxitektura qurilish instituti


Mas’uliyati cheklangan jamiyat



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Mas’uliyati cheklangan jamiyat 
(MChJ) daromad olish maqsadida 
jismoniy shaxslarning birgalikda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 
birlashishlari asosida tashkil qilinadi. MChJ Nizom fondi ulushlarga bo‘lib 
chiqilib, uning o‘lchami ta’sischilar tomonidan belgilanadi. Sherikchilik 
tarkibidagi har bir ishtirokchi o‘z hissasiga proporsional qiymatda daromadga 
egalik qilish huquqiga ega bo‘lib, o‘z ulushi doirasida sherikchilik tarkibida o‘z 
majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikka ega hisoblanadi. 
MChJning oliy organi sifatida ishtirokchilar yig‘ini yoki ularning vakillari 
yig‘ini ko‘rsatilib, bunda har bir ishtirokchi Nizom fondida o‘z ulushiga 
mutanosib ovoz miqdoriga ega bo‘lishi belgilangan. Yig‘in sheriklik 
jamiyatining raisini saylaydi. 


49 
MChJdan farq qilib, 
to‘liq sheriklik
yuridik va shuningdek, jismoniy 
shaxslar birlashishi (uyushishi)dan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bunda 
boshqa bir tamoyil jihatidan farq shundaki, to‘liq sheriklik yuridik shaxs 
maqomiga ega emas va mos ravishda, uning ishtirokchilari nafaqat badal 
to‘lovlari to‘lashlari, balki o‘z butun mol–mulki bilan majburiyatni zimmasiga 
olishlari qayd qilinadi. To‘liq sheriklikni qayddan o‘tkazish uchun ta’sischilar 
shartnomasini tadqim etishning o‘zi kifoya qilib, Nizom talab qilinmaydi.
Aralash sherikchilik
to‘liq sherikchilikdan ikkita asosiy xususiyati bilan 
farqlanadi. Uning tarkibi o‘z hissasi va shuningdek, o‘z mol–mulki bilan 
sherikchilikda majburiyatlari birdamlik asosida belgilanishi bilan ifodalangan 
haqiqiy a’zolardan va faqat o‘z hissalari doirasida javobgarlikka ega bo‘lgan 
hissador – a’zolardan tarkib topgan. Bu shakl yuridik shaxs maqomida tan 
olinadi.
Materiallarni qayddan o‘tkazish uchun Nizom fondi oy davomida 
mehnatga to‘lanadigan minimal haqning 100 baravaridan kam bo‘lmagan 
summaga teng bo‘lishi belgilanadi. 
Kooperatsiya
–o‘z a’zolariga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan 
maqsadni ko‘zlagan sheriklik turi hisoblanadi. Kooperativ Nizomi barcha badal 
– hissa to‘lovlari uchun yagona tartib belgilanadi. Kooperativ ta’sischilar yozma 
ariza berish yo‘li bilan tashkil qilinib, shartnoma tuziladi va kooperativ Nizomi 
davlat reestrida qayddan o‘tkaziladi. Kooperativning umumiy yig‘ini a’zolari 
boshqaruv rahbariyati va uning raisini saylaydi. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin