Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
 
2.2. Qurilishning pudratchilik va xo‘jalik uslublari 
 
Qurilish uslublari 
– 
ular
xo‘jalik 
tavsifida bo‘lishi, ya’ni ishlar joriy va 
qurilishni amalga oshiradigan korxona yoki tashkilotlarning kuchlari va 
vositalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin; shuningdek, 
pudrat 
asosida 
bo‘lishi, ya’ni bu holda ishlar doimiy faoliyat yuritadigan qurilish tashkilotlari 
bilan buyurtmachi o‘rtasidagi pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi
bundan tashkari, 
aralash 
tavsifda bajarilishi ham mumkin bo‘lib, bunda 
ishlarning bir qismi pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma asosida, yana bir 
qismi esa – qurilish tashkilotining o‘z kuchlari hisobiga bajarilishi belgilanadi.
Xo‘jalik uslubi 
qator kamchiliklarga ega. Bu uslubdan foydalanib 
qurilishni amalga oshirish uchun qurilish jamoasini yangidan tashkil qilish va 
xususiy ishlab chiqarish bazasini vujudga keltirish talab qilinadi. Ishlar 
tugallanganidan keyin – ishchi jamoa tarqatiladi va baza tugatiladi. Korxona 
hisoblanmasligi asosida, xo‘jalik uslubida qurilishni amalga oshirishning asosiy 
faoliyatini ro‘yobga oshirishda ishlar texnologiyalari va ularni tashkil qilishning 
takomillashtirilishi amalga oshirilmaydi. Xo‘jalik uslubidan foydalanish 


43 
davomida malakasiz va sinalmagan ishchi kuchlaridan keng ko‘lamda 
foydalanib, shuningdek bunda qo‘l kuchi yordamida bajariladigan ishlarning 
umumiy ulushi kuzatiladi va buning natijasida barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
tushishi qayd etiladi. Bu uslubdan foydalanish asosida davlat miqyosidagi va 
kooperativ korxonalar va tashkilotlarda kapital qurilish ishlari bo‘linmalari 
(boshqarmalari) (Kapital qurilish bo‘linmasi – KQB, Kapital qurilish 
boshqarmasi – KQB) ish olib boradi, shuningdek bunda nisbatan kichik kenja 
bo‘linmalar – ya’ni, qurilish uchastkalari va brigadalardan foydalaniladi. Bir 
qator katta korxonalarda mustaqil qurilish – montaj tashkilotlari (QMT) 
mavjudligi qayd qilinadi. Masalan, mustaqillik yillarida temir yo‘l sohasida 
avval tarqatilgan va keyinchalik yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan xo‘jalik 
uslubida bir qator yangi qurilishlar amalga oshirilgan, ehtiyoj tufayli, 
keyinchalik qurilish tresti qaytadan tuzilgan. Bu holda ishlarni amalga oshirish 
va olingan natijalar pudrat uslubiga yaqinlashtiriladi, chunki buyurtmalar 
uzluksiz kelib turishi trestda muqim ishlaydigan kadrlar va moddiy-texnika 
bazasini tuzish va idora qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Xo‘jalik uslubida ishlarni amalga oshirishning ijobiy sifatlariga 
foydalanishdagi sanoat miqyosidagi korxonalarda joriy ta’mirlash–qurilish 
ishlarini bajarish talab qilingan vaziyatida (joriy va foydalanishdagi ta’mirlash, 
qurilmalarning almashtirilishi, qisman qayta konstruksiyalash va boshqalar) 
zarur hisoblangan boshqaruv jarayonida katta qiymatli tezkorlik xosligini aytish 
mumkin. Shuningdek, xo‘jalik uslubidan foydalanish ishlab chiqarish jadalligi 
mavsumiy tebranishlar bilan tavsiflanuvchi, masalan qishloq xo‘jaligiga oid, 
murakkab bo‘lmagan ob’yektlarda jihozlash ishlarini bajarishda samarali uslub 
hisoblanadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin