35
1.4. Kapital qurilishni tashkil etish asoslari
Kapital qurilishni boshqarishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
.
Qurilishni boshqarish umumiy iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan
umumiy
boshqaruv tamoyillariga asoslanadi.
Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarishning mustaqil sohasi sifatida
qurilish boshqaruv organlari tizimining tuzib chiqilishi va funksiya bajarishida
o‘ziga xos xususiyatlarga, shuningdek, qurilish ishlarini tashkil qilishning o‘ziga
xos huquqiy shakllariga (pudratchilik va xo‘jalik usullari) ega hisoblanadi.
Qurilish xalq xo‘jaligining barcha sohalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu
bog‘liqlik qurilish ob’yektlarining o‘z belgi – xususiyatlariga va
mo‘ljallanilishiga ko‘ra, qurilishning bir qator kenja(nim) sohalarga – ya’ni
turar-joylar, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, quvur o‘tkazmalari,
melioratsiya va shu kabi ko‘rinishdagi sohalarga bo‘linishini belgilab beradi. Bu
ko‘rinishdagi o‘zgarishlar qurilishni boshqarish organlarini qisman tashkil qilib,
tuzib
chiqilishiga mos keladi, bunda
ob’yektning belgilari
bo‘yicha alohida
qurilish tashkilotlarining ixtisoslashtirilishi kelib chiqadi.
Qurilish sohasi
hududiy belgilariga ko‘ra guruhlanuvchi ko‘p sonli tashkilotlar, korxonalar va
xo‘jaliklardan iborat.
Shunday qilib, qurilish boshqarish organlarining tuzib chiqilishi uchun
hududiy va sohaga oid tamoyillar birligidan foydalanish kerak bo‘lib, bu holat
qurilish tashkilotlarini boshqarilishini shakllantirishda
hududiy darajalar bilan
yuqori darajalarning birlashtirilishi hisobga olinadi. Shu bilan birga, qurilish
tashkilotlarida
tuzilishning
texnologik tamoyillari
ham o‘z o‘rniga ega.
Qurilish sohasining boshqarilishi bir nechta boshqarish markazlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish va turar–joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha Respublika
miqyosidagi agentlik
O‘zR VMga bo‘ysunadi va ijro hokimiyatining organi
hisoblanib, qurilish sohasida mol–mulkni boshqarish,
davlat tomonidan
36
xizmatlar ko‘rsatilishi va TSJlar tizimida davlat siyosatini yuritish funsiyasini
bajaradi.
Davlat xizmatlari
tushunchasi axborot berishga oid, maslahat berish va
injiniring xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini belgilaydi.
Standartlash va metrologiya bo‘yicha agentligi
loyihalash, qurilish va
undan foydalanish me’yoriy hujjatlarini tasdiqlashni amalga oshiradi.
Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi (Davarxitektqurilish)
qurilishda
me’yoriy hujjatlarning yangi tizimi ishlab chiqilishini ya’ni texnik reglamentlar
va milliy standartlarni respublika miqyosida ishlab chiqilishini boshqaradi.
Bu barcha organlar qurilishga bilvosita iqtisodiy
va huquqiy richaglar
vositasida ta’sir ko‘rsatadi va alohida tashkilotlarning tezkor – taqsimot
tavsifidagi faoliyatiga aralashmaydi, biroq u me’yoriy hujjatlari,
qarorlar,
qurilishning barcha ishtirokchilari uchun majburiy hisoblangan ko‘rsatmalar va
qo‘llanmalar doirasida o‘rnatilgan huquqiy vakolatlari chegarasida, idoralarga
bo‘ysunishdan mustaqil va xususiy mansublikdan erkin holda funksiya bajarishi
belgilangan.
Dostları ilə paylaş: