Nazorat savollari:
1.
Qurilish asosiy ishtirokchilarining qisqacha tavsifi.
2.
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning qanday o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud?
3.
Kapital qurilishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.
Qurilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi Qo‘mitaning
roli.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura qurilish nazoratining roli.
37
II BOB. QURILISH TASHKILOTLARINI BOSHQARISHNING
TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
2.1. Korxonaga egalik qilish asoslari
Korxonaga egalik qilish
– qonunda ko‘rsatilgan ta’riflashga binoan,
daromad olishga yo‘naltirilgan, fuqaro va ularning birlashmalarining mustaqil
faoliyat olib borish uchun tashabbuskorligi hisoblanib, xususiy havf–xatar
ehtimolli va ushbu tushuncha asosida xususiy mulk uchun javobgarlik ro‘yobga
oshirilishini nazarda tutadi.
Bu izohlashda
korxona egasining muvaffaqiyatli faoliyat olib borishini
belgilab beruvchi, asosiy shart ko‘rsatilmagan. Bu shart – ma’lum bir aniq
ko‘rinishdagi, qulay, barqaror huquqiy va ijtimoiy–siyosiy muhit mavjudligi
bilan belgilanadi. Jamiyat, fuqarolar tadbirkorlikka nisbatan xayrixohligi ham
uni rivojlantiruvchi omildir.
Yuqoridagi ta’rifning yana bir kamchiligi – uni “biznes” tushunchasiga
tenglashtirishdir. Modomiki, tadbirkor bir vaqtning o‘zida biznesmen ham, lekin
biznesmen tadbirkor bo‘lishi uchun o‘z faoliyatida innovatsiyani amalga
oshirishi kerak: Faqat yangilik, yangicha xizmat ko‘rsatish, yangi mahsulot
ishlab chiqarish, ishni yangicha tashkil qilish bilan tadbirkor bo‘lish mumkin.
Ya’ni tadbirkor vaqtinchalik xususiyat. Unda nega tadbirkor bo‘lish faxrli?
Chunki faoliyat natijasi bo‘lmish daromad qiymati orasida katta farq mavjud.
Misol tariqasida yangi funksiyali uyali telefon, android va shu kabilar va eski
modellar narhi orasidagi farqni keltirish mumkin.
Muvaffaqiyatli tarzda ro‘yobga oshiriluvchi bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining mazmun–mohiyati qulay muhit sharoitida o‘z faoliyatini
amalga oshiruvchi
korxona egalari
mavjudligi bilan belgilanadi.
Korxona egaligini rivojlantirish quyidagi holatlar asosida ifodalanadi:
–
ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatiladigan xizmatlar) va daromad,
o‘z mol–mulkiga egalik qilish huquqi (egalik qilish va foydalanish);
38
–
faoliyat turlarini tanlash va ularni amalga oshirish uslublarini
tanlash erkinligi.
Bu shartlar xususiy mulkning turli-tumanligi va natijalarning
o‘zlashtirilishi xilma-xilligini vujudga keltiradi. Korxona egalarining faoliyati
mehnat qiluvchilar huquqlarini regulyatsiya qiluvchi (mehnat qonunchiligi),
ularning davlat oldidagi majburiyatlari (soliq qonunchiligi), mehnatni muhofaza
qilish va texnika havfsizligiga oid qonunlar bilan cheklanadi.
Ushbu holatlar bilan birga, tadbirkorlik va jamiyat o‘rtasidagi
manfaatlarda muvozanat holatini saqlab turishga yo‘naltiriluvchi, o‘rnatilgan
tartibda erkin holatdagi korxona egaligi zamonaviy tizimlarida tadbirkorlikning
(
biznes
) jamiyat oldidagi yozilmagan ijtimoiy javobgarlik qoidalari va axloqiy
kodekslari mavjudligi qayd qilinadi.
Bozor
– bu talab va taklif asosida shakllantiriluvchi, sotish uchun ishlab
chiqariladigan mahsulotning (
tovar
) aylanish sferasi hisoblanib, natijada tovar
(yoki ko‘rsatiladigan xizmat)larning tannarxiga aniqlik kiritiladi.
Qurilishga oid bozor ishtirokchilari investorlar, quruvchilar, resurslarni
yetkazib beruvchilardan tashkil topadi.
Bozor munosabatlari sharoitlari sotib oluvchi (iste’molchi) ehtiyojlaridan
kelib chiqqan holda, ishlab chiqaruvchi mavjud havf–xatar ehtimoli asosida
quyidagilarni hal qilishi talab qilinadi:
–
qanday iste’molchi uchun ishlarni bajarishi talab qilishi;
–
qanday turdagi, qancha miqdordagi va ishlab chiqarish mahsulotining
qachon ishlab chiqarishi talab qilinishi;
–
iste’molchi
talablarini
qondirishda
qanday
resurslar
va
texnologiyalardan foydalanish va bunda kutilgan daromadni olish.
Korxona egasi (tadbirkor, biznesmen) erkin tanlovni amalga oshirish
huquqiga ega bo‘lib, zarurat cheklanishi sharoitida har qanday ish faoliyatini
xo‘jalik nuqtai nazaridan ijobiy natijalar asosida, ya’ni daromad bilan
yakunlashi mumkin. Biroq bu maqsad ushbu sohada faoliyat yurituvchi boshqa
39
korxona egalari tomonidan ham ko‘zda tutilib, bu esa kurash shart–sharoitlarini,
ya’ni raqobatchilar bilan musobaqalashuvni yuzaga keltiradi. Raqobat muhiti
nisbatan ko‘proq sifatli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yechimlarni
izlashga majbur qiladi. Aynan, raqobatga asoslangan qat’iy tartibli shart–sharoit
faoliyatga ko‘rsatishga kuchli turtki beradi va taraqqiyotni harakatlantiruvchi
asosiy kuchni tashkil qiladi.
Qurilishga oid bozorni
shartli tayyor holdagi qurilish mahsulotlari (bino
va inshootlar) bozori, pudratchilar bozori, resurslar (materiallar, qurilmalar,
kreditlar, intellektual mahsulotlar, mehnat resurslari va boshqalar) bozoriga
bo‘lish mumkin.
Bozor – bu mehnatning ijtimoiy taqsimlanishida nisbatan samarali
mexanizm bo‘lib, ishtirokchilarning raqobat hisobiga ijtimoiy kamroq sarf–
xarajatlarga yo‘l qo‘yishi ta’minlanadi.
Qurilishga tatbiq etishda bozorni turli belgilari bo‘yicha tasniflash
(
klassifikatsiyalash
) mumkin. Jumladan, loyihalashga oid va quruvchi
pudratchilar
investitsiya pudratchilari bozorini
tashkil qiladi. Qurilish
materiallari, mexanizmlar, qurilmalar, transport vositalari–
qurilish resurslari
bozori
demakdir. Talab darajasi va ishchi kuchlari takliflarini, ularning
tayyorgarligini, reklama faoliyati va qurilish firmalari tomonidan kadrlarning
taqdim (
taklif
) etilishi holatlarini o‘rganadigan–mehnat birjasi va boshqa
tashkilotlar
mehnat bozorini
tashkil qiladi. Qurilish faoliyatini kredit bilan
ta’minlovchi investitsiya banklari, ipoteka va tijorat banklari, fond birjalari,
nafaqa fondlari va boshqa fondlar
kredit–moliyalashtirish
yoki
qarz berish
sarmoya
bozorini hosil qiladi.
Iste’molchi yoki sotuvchi tomoniga siljish ko‘rinishidagi tebranish bozor
vaziyati sotib oluvchilarning talabi darajasiga nisbatan sotuvchi tomonidan
beriladigan takliflar yuqori bo‘lganida –
iste’molchi bozori
tushunchasini
belgilab beradi, aksincha ishlab chiqarilgan sotuvchi taklif etgan mahsulot
darajasiga nisbatan iste’molchi talablari ortib ketishida esa
– sotuvchi bozori
40
shakllanishi qayd qilinadi. Bu ko‘rinishdagi vaziyat ishlab chiqarilgan mahsulot
tannarxiga ta’sir ko‘rsatib, ya’ni tovarning (yoki ko‘rsatiluvchi xizmatlar)
tannarxining ortishi yoki pasayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Bozorning asosiy ishtirokchilari (sotuvchi – sotib oluvchi; yetkazib
beruvchi – iste’molchi; investor – pudratchi va h.k.) bevosita o‘zaro
munosabatga kirishishi kuzatiladi, biroq ko‘pincha ular o‘rtasida vositachi –
o‘rtakash (zavod–ulgurji baza–pudratchi va h.k.) faoliyat olib borishi kuzatiladi.
Masalan, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaning tayyor mahsuloti
sotilishida qurilish materiallari ulgurji bazasi tashkil qilinishi mumkin. Bu
ko‘rinishdagi vositachilar
oraliq sotish bozori
tushunchasini belgilab, bu bozor
o‘z tarkibiga turli investitsiya bozorlarini: ya’ni,
qurilish resurslari bozori
,
jumladan masalan, yuqorida keltirilgani kabi, shuningdek qurilish mexanizmlari,
transport vositalari va shu kabi bozorlar;
texnologik va muhandislik qurilmalari
bozori
; qurilish pudratchilari bozori va ko‘chmas mulk bozori kabilarni kiritish
mumkin. Ular tashkiliy jihatdan mustaqil faoliyat olib boradi. Masalan,
riel –
esteyt
: bino, xonadonlarni sotish yoki ijaraga berish bilan shug‘ullanadi va h.k.,
ya’ni materiallar yoki qurilmalar bozori bilan bog‘liq emas, biroq investitsiya
bozorining barcha qismlari iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi: ushbu
ko‘rinishda, bir bozorda talab va taklifda narx–navoning o‘zgarishi boshqa
bozordagi talab va taklif qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bozor marketing va rivojlanishning marketing strategiyasi tushunchalari
bilan bog‘liq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |