QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)
atrof-muhit, tabiiy- iqlim sharoitlariga bog‘liqligi kelib chiqadi
. Qurilish ishlab chiqarishi mahsuloti bevosita yer bilan bog‘liq. U bino va
inshootlarining asosini, poydevor tayanadigan zamin rolini o‘ynab, uning
ajralmas qismini tashkil qiladi. Tabiiy ravishda, ushbu asos murakkab geologik
va gidrogeologik tavsiflarga ega bo‘lgan dinamik tizim bo‘lib, u suv, harorat,
seysmik tebranishlar, mavsumiy tebranishlar va shu kabilar ta’siri ostida
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega hisoblanadi. Qurilish ishlari ochiq havo
sharoitlarida amalga oshirilib odamlarga tabiiy – iqlim omillari o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi: jumladan, atmosfera hodisalari, yil mavsumlari almashinuvi
(mavsumiy tebranishlar) va sutkaning o‘zgarishlari (harorat va yorug‘lik) ta’sir
ko‘rsatishi qayd qilinadi. Qurilish butun yil davomida amalga oshirilishiga
qaramasdan, mavsumiy shart–sharoitlar qurilish uslublarini tanlashga o‘z ta’sir
qiladi. Bularning barchasi qurilishni tashkil qilish va ishlarni bajarish
texnologiyalariga ko‘rsatadi va ishlab chiqarish joyi va vaqtiga bog‘liq holda,
qabul qilingan qaror va yechimlarning ko‘p sonli bo‘lishini belgilab beradi.
Ayrim qurilish jarayonlari me’yorlashganiga qaramay ob’yektlarni barpo
qilish texnologiyalari xilma-xilligi ularning bu turkumda me’yoriylashtirilishi
murakkab bo‘lishi natijasida har bir loyiha uchun sharoitlarni hisobga oladigan
alohida ishlarning bajarilish loyihasi (
IBL ) ishlab chiqilishi kerak. Bundan ko‘p
sonli tashqi omillarning oldindan yetarlicha aniq bashorat qilish qiyin bo‘lgan
uzluksiz tavsifdagi ta’sirlarga uchrashi sharoitida tizimni
boshqarish murakkabligi kelib chiqadi. Ishlarni bajarish shart-sharoitlarining xilma-xilligi
foydalanuvchi texnikaga qo‘yadigan talablarning o‘ziga xosligini belgilab,
30
tashkiliy shakllar va ishlarni bajarish uslublariga ta’sir ko‘rsatadigan odam
faoliyati omiliga ham alohida talablar qo‘yilishini belgilab beradi.
Ishlab chiqarishning uchinchi o‘ziga xos xususiyati