2.1. Uy xo’jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar 2.2 Moliyaviy qarorlar qabul qilish bosqichlari. 2.3. Biznes maqsadlar III. XULOSA. KIRISH. Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bir vaqtning o‘zida, u faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi uy xo‘jaligining bunday o‘rni uning maqsadga yo‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning o‘ziga xosligini belgilab beradi. Bolalar tarbiyasi, bilim darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa sotsial maqsadlar uy xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning me’yorlari va qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi Tarkibi va hajmi turlicha bo’lgan oilalar uy xo’jaliklari deb ataladi. O’zbek iqtisodiy adabiyotida uni “oila xo’jaligi” yoki “xonadon xo’jaligi” kabi talqin qilish holatlai mavjud. Lekin bu har doim ham to’g’ri bo’lmaydi. 2.1. Amaliyotda uy xo’jaliklari tomonidan odatda, 4xil moliyaviy qarorlar qabul qilinadi: 1. Pul mablag’larini iste’mol ilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo’yish va jamg’arib borish kerak?
2. Investitisiyalar bilan bog’liq bo’lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg’armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo’naltirish (joylashtirish) kerak?
3. Moliyalashtirish to’g’risidagi qarorlar. Uy xo’jaligi o’z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag’dan foydalanish kerak?
4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog’liq qarorlar. Uy xo’jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo’l qo’yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
Uy xo’jaliklari o’z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg’arib qo’yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg’armasini (pool of wealth) to’plab qo’yadilar. Bu mablag’larning umumiy nomi aktivlar deyiladi. Iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.
Uy xo’jaliklarining o’zlari to’plagan mablag’larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag’larini turli aktivlar turlari o’rtasida taqsimlash, deb ataladi.
Uy xo’jaligi boyligi yoki mulkning toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.