Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Qayta qurish
» shiori ostida boshlangan qayta o‘zgarishlar joyidan olg‘a 
siljimay, o‘sib borayotgan inqiroz butun sobiq Ittifoqni parchalanishga olib 
keldi. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda va aholining hayot darajasida chuqur 
inqiroz, tubanlashish holati vujudga keldi. 
1992 yilda sobiq Ittifoq tugatilib mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi.
Qurilish sohasining ko‘p yillar davomida markazlashtirib rejalashtirilishi va 
boshqarilishidan keyin, masalan, Rossiyada bu soha umuman 
boshqarilmaydigan bozor munosabatlari sharoitiga tashlab qo‘yilishiga olib 
keldi. Xo‘jalik faoliyatidagi yangi shart–sharoitlar qurilishda barcha 
ko‘rsatkichlarning tushib ketishiga olib keldi. Bu holat moddiy ishlab chiqarish 
sohasida investitsion faollikning pastligi, nobarqaror moliyalashtirish, o‘nlab 
yillar davomida qaror topgan iqtisodiy va texnologik aloqalarning uzilishi, hech 


17 
qanday cheklanishlarga ega bo‘lmagan, qaror va buyruqlar chiqarish tizimida 
qog‘ozbozlik ko‘lami ortishi va shu kabi ko‘plab ob’yektiv va sub’yektiv 
sabablar bilan bog‘liq. Shuningdek, bu davrda G‘arb mamlakatlari tomonidan 
amalga oshirilgan islohotlar orqali keng ko‘lamli yordamlashish ham kutilgan 
natijalarni bermagan. 
Rossiya so‘nggi 15 yil davomida og‘ir iqtisodiy – ijtimoiy qayta 
o‘zgarishlar (
transformatsiya
) sharoitida yashashga mahkum etilgan. O‘z 
navbatida, boshqa ko‘plab sohalardagi kabi, qurilish sohasi ham murakkab 
inqiroz holatini boshidan kechirdi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish va 
qurilish industriyasida asosiy fondlar eskirishi, ishdan chiqishi darajasi 50%ga 
ortib, yangi fondlarning ishga tushirilishi esa bor – yo‘g‘i 1% ni tashkil qildi, 
ya’ni quvvatlar qisqarib ketdi. Qurilish texnikasi parkining eskirishi ro‘y berib, 
uning tarkibida katta quvvatli qurilmalar bilan birga uncha katta bo‘lmagan, 
universal va maxsus ixtisoslashtirilgan mashinalarning ustuvorligi kuzatiladi. 
Bir paytlar yuqori darajada tashkillashtirilgan va qonuniy faoliyat olib borgan 
qurilish sohasida «ko‘lanka» sektori va korruptsiya avj oldi. 1990 – yillar bilan 
solishtirganda, ikki marta kam hajmdagi turar-joylar ishga tushirilganligi qayd 
etildi. Me’yoriy xo‘jalik faoliyatini yuritishga to‘sqinlik qiluvchi, tinimsiz oshib 
borgan og‘ir soliqlar yuki, hamda huquqiy va ma’muriy betartib tasirlar 
vaziyatni yanada chigallashtirdi. Qurilish sohasida qonuniy faoliyat olib 
borishga to‘sqinlik qiluvchi omillarga oldingidek, soliqlarning yuqori darajaligi, 
ma’muriy 
to‘siqlar, 
korruptsiya, 
qonunlarning 
nomuvofiqligi, 
buyurtmachilarning to‘lov qobiliyati pastligi, qurilish materiallarining tannarxi 
balandligi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston mustaqqillikga erishgach bozor iqtisodiyotiga o‘tish elon 
qilingan va birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan o‘tish davri uchun 
“O‘zbekiston modeli” qabul qilingan. Uning besh tamoyilidan biri – bu “davlat 


18 
– asosiy reformator”. Yani mamlakatda sodir bo‘ladigan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarning homiysi va tashbbuskori davlatdir. 
Qurilish sohasida asosiy capitallarni eskirganligi, ho‘jalik aloqalar deyarli 
yo‘qolganligita va shu kabi boshqa ko‘plab omillar tasirida uning tashkiliy
tuzilmasi hamda boshqaruv organlari tugatildi. Bu holda xususiy tadbirkorlik 
yo‘lidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish – jumladan, qog‘ozbozlik tizimiga chek 
qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat beruvchi organlar va ularning 
manfaatparast amaldorlar apparatini kamaytirish, ruxsat etuvchi hujjatlar va 
ularni berilish tartibini me’yoriylashtirish zarurati yuzaga keladi. Mamlakat 
miqyosida davlat organlarining javobgarligi va intizomi darajasini oshirish 
bo‘yicha huquqiy islohotlar va chora–tadbirlar ijobiy natijalar talab qilinadi. 
1999-yildan boshlab, mamlakatda iqtisodiy vaziyatning nisbatan 
barqarorlashishi va o‘z navbatida, qurilish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 
yaxshilandi. Qurilish sohasi yangi iqtisodiy tamoyillar asosida asta–sekin qayta 
tiklana boshladi. Oldingi davrlarda katta hajmli, ko‘p bosqichli ierarxik 
tuzilmalar tarkibida faoliyat yuritgan yirik va o‘rtacha ko‘lamli qurilish 
tashkilotlari qisman davlat ishtirokidagi hissadorlik (
aksiyadorlik
) jamiyatlariga 
aylantirildi. 
Qurilish sohasi boshqa sohalarga nisbatan, umumiy holatda xalq xo‘jaligi 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, Qurilish–montaj ishlarining (QMI) hajmini nisbatan 
kengaytirishi, ya’ni moslashuvchanligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu holat 
avvalom bor, turar joy qurilishi sohasiga tegishl va inqirozdan chiqib ketishida 
samarali yo‘l hisoblanadi. Aynan, turar-joy qurilishi o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
o‘ziga xos poezdning qolgan vagonlarini tortib keta oluvchi lakomotiv tavsifiga 
ega bo‘lib, bu sohaning rivojlantirilishi bevosita mebellar ishlab chiqarilishi, 
yog‘och materiallari, plastmassa va lak-bo‘yoq materiallari, shuningdek 
mashinalar ishlab chiqarilishi va boshqa sohalarning rivojlantirilishiga turtki 
bera oladi. Zamonaviy talablarga ega bo‘lgan holatda sifat darajasi oshirilgan 


19 
qurilish ishlari hajmini qayta tiklash masalasi ilgari surilgan. Bu maqsadda 2010 
yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb elon qilinishi o‘tmas qiymatga 
ega bo‘ldi. Faqat 2015 yilda 12 ming uy-yoylar namunaviy loyihalar bo‘yicha 
qurildi, 2016 yilga 13 ming rejalashtirilgan.
Yangi iqtisodiy tamoyillar asosida qurilishning qayta tiklanishi va 
rivojlantirilishi uchun qurilishda va aralash sohalarda mavjud joriy ishlab 
chiqarish quvvatini modernizatsiyalash va yangilarini tashkil qilish bo‘yicha 
keng ko‘lamli va uzoq muddatli ishlar bajarilishi talab qilinadi.
Qurilishda asta–sekin kichik korxonalar tashkil qilinib, hozirgi vaqtda ular 
pudratchilik ishlarining 1/3 qismini bajarishlari qayd qilinadi. Ularda 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin