Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

MUALLIFLARDAN 
 
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan 5340200 “Bino va inshootlar qurilishi”, 5111000 – 
Kasb ta’lim (5340200 “Bino va inshootlar qurilishi”) bakalavr yo‘nalishi 
standartiga mos keluvchi o‘quv rejaning “Qurilishni tashkil etish va 
rejalashtirish” kursi namunaviy dasturiga muvofiq yozilgan. 
Kursning o‘rganilishi bir qator maxsus fan sohalari bilimlariga 
asoslangan, jumladan, birinchi o‘rinda, “Bino va inshootlarni barpo etish”, 
“Qurilish iqtisodiyoti” va “Huquqshunoslik” kurslariga asoslaniladi. 
Kapital qurilishda tashkil qilishning uch darajasi o‘zaro farqlanadi, ya’ni 
o‘quv kurslari ularga muvofiq tarzda belgilanib, bu darajalar aynan 
quyidagilardan tashkil topgan: 
1.
Qurilishning tashkil etilishi
– bu davlat miqyosiga oid daraja bo‘lib, 
“Qurilish iqtisodiyoti” kursida o‘rganiladi. 
2.
Qurilish ishlab chiqarishining tashkil qilish
masalalari qurilish-montaj 
tashkilotlari darajasida ko‘riladi va ushbu kursning o‘rganish predmeti 
hisoblanadi. 
3.
Qurilish-montaj ishlab chiqarish ishlarini tashkil qilish
texnologik 
kurslarda ko‘rib chiqiladi.
Shunday qilib, ushbu kursning predmeti alohida ob’yektlar va ularning 
majmualarini qurishni tashkil qilish tamoyil, vosita va uslublari, shuningdek, 
qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish faoliyatining tashkiliy tuzilmasi va 
boshqaruv uslublarini o‘rganish nazarda tutiladi. 
Alohida ob’yektlar, inshootlar yoki ularning majmualari, alohida 
ishlarning bajarilishida ular orasidagi bog‘liqlik masalalari hamda makon va 
vaqt kesimida alohida ish bajaruvchilarining faoliyati taqvimiy rejalashtirishga 
bag‘ishlangan bo‘limlarda ko‘rib chiqiladi. Buning uchun talabalar “Bino va 



inshootlarni barpo etish texnologiyasi” kursini o‘rganish davomida alohida 
ishlarni bajarish va mashinalarning oqilona jamlamalarini tanlash uslublari 
haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
“Qurilish iqtisodiyoti”da tashkiliy masalalar sohaga oid ko‘lamda 
o‘rganilishi hisobga olingan holda, ushbu kurs davomida asosan, qurilish 
infrasrukturasi yani qurilish – montaj tashkilotlari darajasidagi faoliyatni tashkil 
qilish va boshqarish bayon qilinadi, qurilish sohasiga oid umumiy iqtisodiy 
qonuniyatlar esa – qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha aniq turdagi texnologik – 
loyihalar asosida keltirilgan ilovalarda keltirilgan.
Shuningdek, ushbu kurs me’morchilik (
arxitektura
), qurilish 
konstruksiyalari, qurilish mashinalari va hisoblash texnikasiga bag‘ishlangan fan 
sohalari bilan ham uzviy bog‘liq hisoblanadi. 
Kurs hukumat tomonidan kapital qurilish bo‘yicha chiqarilgan joriy qaror 
va farmonlar, qurilish me’yorlari va qoidalari hisobga olinib yozilgan. 
Bozor iqtisodiyotida erkin tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish joriy 
qilinishi bevosita qurilish tashkilotlarining tuzilishi va funksiyalarini bajarishi 
tavsiflangan bo‘limlarni qayta koʻrib chiqish zaruratini yuzaga keltirgan, 
shuningdek, ushbu sohada G‘arb mamlakatlarida qaror topgan yondashuvlar va 
tamoyillar ko‘rib chiqilgan. Mazkur holat qoʻllanmaning sezilari darajada 
kengayishiga olib kelgan. Bunda amerikacha tajribaga alohida o‘rin ajratilib
jumladan, O‘zbekiston qurilish amaliyoti uchun yangi hisoblangan, ya’ni 
menejment loyihasi, qurilishga oid havf-xatar va sug‘urtalash, monitoring, 
tezkor hujjatlashtirish, lizing va boshqa bir qator holatlar bayon qilingan. 
O‘quv qo‘llanma kurs dasturiga mos ravishda tuzib chiqilgan bo‘lib, 
qurilish ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish, taqvimiy rejalashtirish, qurilish 
bosh tarhlarini loyihalash, moddiy-texnik ta’minotni tashkil qilish va tezkor 
boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan bo‘limlardan tashkil topgan. 
Materiallarning bu ko‘rinishda bo‘limlarga ajratilgan holatda berilishi, qurilish 



ob’yektlarining bunyod etilishi bo‘yicha asosiy bosqichlarga mos keltirilgan va 
bayon qilish mantiqiyligi o‘z aksini topgan.
Ayrim boblarda tarkibiy jihatdan ma’lumotnoma tavsifidagi axborotlar 
keltirilgan va bu materiallar talabalar uchun kurs ishlari va bitiruv malakaviy 
ishlar loyihalarini bajarishda yordam berishi mumkin. 
O‘quv qo‘llanma mualliflar guruhi tomonidan: texn. fan. doktori, 
professor M.M.Miraxmedov (Kirish, I, §1.3; 1.5; II, §2.2; III, 3.1-3.2; IV, §4.3; 
4.4, 4.7, V, §5.1; 5.2; VI, §6.1; 6.2; VIII, §8.1; 8.2; 8.3; IX, §9.1), texn. fan. 
nomzodi, dotsent X.I. Yusupov (I, §1.2; 1.4; II, §2.1; 2.3, III, §3.4; 3.5; IV, §4.1; 
4.2, §5.3; 5.4; VI, §6.3; VII, §7.1; 7.2; 7.5; 7.6; IX, §9.8), E.A.Shomirzayev (II, 
§2.3; IV, §4.5; 4.8, V, §5.5; VI, §6.5; VII, §7.7; VIII, §8.4), I.M.Maxamataliyev 
(I, §1.1; III, §3.3; 3.5; 3.6; IV, §4.6, VI, §6.4; 7.3; IX, §9.2-9.7), A.T. Ilyasov 
(VII. §7.4; Nazorat savollari, rasmlar) tayyorlandi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratishda O‘zbekiston, Rossiya miqyosida va 
xorijda, ayniqsa Amerikada to‘plangan keng ko‘lamli amaliy materiallar 
umumlashtirilgan bo‘lib, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha 
qurilish tashkilotlari va mualliflarning shaxsiy tajribasidan foydalanilgan. 
Mualliflar o‘quv qo‘llanma qo‘lyozmasini tahrirdan o‘tkazishda va 
qimmatli takliflar kiritilishida 
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti 
“Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti texnika fanlari 
nomzodi A.M.Ilmurodov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Bino va 
inshootlar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi S.S.Sayfiddinovga
minnatdorchilik bildiradilar. 
Mualliflar kitobxonlardan o‘quv qo‘llanmada uchratgan kamchiliklarni 
koʻrsatib, o‘z takliflarini bildirishlarini so‘raydilar. Bu takliflar navbatdagi 
nashrlarda minnatdorchilik bilan hisobga olinishini ta’kidlaydilar. 




Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin