Qurilishning xo‘jalik tavsifidagi uslubi
. Mulk egasi –loyihalash va
qurilishni boshqaradi, bunda u o‘zining u yoki bu ko‘rinishdagi bo‘linmalariga
ega bo‘ladi. Ishlar mulk egasining xususiy kuchlar yoki asosiy va
ixtisoslashtirilgan subpudratchilarning ishga jalb qilinishi bilan bajariladi.
Quyida keltirilgan, 3.20–rasmda Amerika firmalari boshqaruvining
tashkiliy tuzilmasi aks ettirilgan bo‘lib, bunda chiziqli – funksional (chiziqli –
shtabli tavsifida) sxema asosida tuziladi, uning tarkibida o‘z sohasi bo‘yicha
malakali mutaxassislar jamoasi shtabi mavjud va, ular ma’lum aniq ob’yektlarda
qurilish ishlariga bevosita rahbar (qurilish maydonida rahbarlik qiluvchi) kadr
xodimlar bilan birga faoliyat olib boradi.
121
3.20
– rasm. Amerikada faoliyat olib boruvchi qurilish firmalarining tashkiliy tuzilmasi.
Shartli belgilashlar
:
* – Maydonchada;
Funksional bog‘lanishlar;
Bo‘ysunish boyicha bog‘lanishlari.
122
Apparat (
shtab
) vazifasi – qurilishda menejerlarning muvafaqqiyatli
ko‘rinishda ish bajarishlari uchun barcha shart – sharoitlarni yaratishdan tashkil
topadi. Bu ko‘rinishdagi tuzilish nisbatan katta kompaniyalar uchun xos
xususiyat. Kichikroq kompaniyalarda nisbatan oddiy va kamroq qiymatga ega
bo‘lgan tuzilmalardan foydalaniladi.
Bosh direktor,
asosan faoliyatning strategiya va firmani rivojlantirish
masalalarini hal qilib, birinchi navbatda buyurtmalarning ta’minlanishi
masalasiga e’tibor qaratadi. Unga bevosita bosh menejer, bosh muhandis,
ma’muriy menejer, shuningdek ijtimoiy aloqalar va huquqiy xizmatlar
bo‘limlari bo‘ysunishi belgilanadi.
Bosh menejer
(Rossiya qurilish amaliyotida ishlab chiqarish bo‘yicha
boshqaruvchi o‘rinbosari va bosh muhandis kabi) ishlab chiqarishga boshchilik
qiladi. Unga bir nechta Loyiha menejerlari bo‘ysunib, ularning har birida bir
yoki bir nechtadan ob’yekt bo‘lishi mumkin. Ular ishlarni rejalashtirishga
tegishli barcha muhim masalalarni, pudratchilar va yetkazib beruvchilarni
tanlash, belgilangan muddatlarning bajarilishi va byudjetni nazorat qilish kabi
masalalarni hal qiladi. Kompaniyaning barcha funksional xizmatlari ular uchun
ish bajaradi.
Bosh muhandisga
bo‘ysunadigan xizmatning vazifasi – subshartnoma
tuzuvchilar (pudratchilar va yetkazib beruvchilar) uchun haq to‘lanishi smeta
qiymatlarini tuzib chiqish va unga amal qilinishini nazorat qilishdan tashkil
topadi.
Ma’muriy menejment hisobxona (jumladan, barcha o‘z firmalari
ishchilari uchun oylik ish haqini hisoblash), sotib olishlar va moliyalashtirish
bo‘limiga rahbarlik qiladi, shuningdek hujjatlashtirish bilan bog‘liq barcha
texnik ishlarni (olish, hisobga olib, ko‘paytirish, jo‘natish va h.k.) ta’minlaydi.
Mehnat munosabatlari bo‘limi
federal va mahalliy miqyosda joriy mehnat
qonunchiligiga amal qilinishi uchun javobgar. U mahalliy (
locals
) kasaba
123
uyushmalari bilan shartnoma bitimini tuzadi, ya’ni shu kasaba uyushma a’zolari
ishga jalb qilingan subpudratchi firmalarda faoliyat olib boradilar. Bu
ko‘rinishdagi ishlar kasaba uyushmalari qamrab olmagan ishchilardan
foydalanadigan subpudratchilar bilan ham amalga oshirilib, biroq bunda rasmiy
kelishuv imzolanadi. Ular tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxatda
kam sonli
aholi qatlamlari (afrioka – amerikaliklar, ispan tilida so‘zlashuvchilar va
boshqalar) o‘zaro munosabatlarida siyosiy jihatlarga e’tibor alohida o‘rin tutadi.
Federal hukumat, mahalliy boshqaruv organlari va kasaba uyushmalari ishga
yollanadigan, shuningdek kam sonlilarga mansub ishchi – xodimlarga ega
bo‘lgan subpudratchilar va yetkazib beruvchi firmalar orasida har bir toyfani
shunday aholi qatlamiga mansub ishchilar bo‘yicha imtiyozlar (
kvota
)
berishning qat’iy shartlarini belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu yo‘nalishda
kuchaytirish uchun rag‘batlantirish mexanizmlaridan foydalaniladi. Bu bo‘lim
texnika havfsizligi ishlarini, ishchi – xodimlar malakasini oshirish va boshqa
ishlarni yuritadi. Bu ko‘rinishdagi xizmatlar «
shiori
» – mehnat munosabatlarida
ziddiyatsiz vaziyatni ta’minlash hisoblanadi. Shuningdek, bu bo‘lim alohida
shaxobcha bo‘linmalar mavjud bo‘lmagan firmalarda o‘z ishchi – xodimlariga
nisbatan munosabatlar bo‘yicha kadrlar xizmati funksiyasini bajaradi.
Ijtimoiy aloqalar va sotish bo‘limi
o‘z kompaniyasining jalb qiluvchi
ramzi, suvrati, o‘ziga xos belgi va xususiyatlarini (
imidj
) yaratish va uni qo‘llab
– quvvatlash bilan bog‘liq faoliyat olib boradi. Buning uchun bo‘lim tomonidan
seminarlar tashkil qilinadi va firma nufuzini belgilab beruvchi barcha chora –
tadbirlarda ishtirok etiladi (jumladan, saylov kompaniyalarida, xayriya
tadbirlarida va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashish e’tiborga olinadi).
Umumiy holda, natijasi yangi buyurtmalar (sotishdan) iborat bo‘lgan
marketing faoliyatini yuritadi.
Joylarda boshqaruvchi (lineynыe rukovoditeli-ITR rabotniki – eto
rukovoditeli na mestax, na linii) ishchi – xodimlar
bosh moddiy
124
ta’minotchilardan (
superintendant
) (prorab yoki uchastka boshlig‘iga o‘xshash)
tashkil topgan bo‘lib, bu tarkib bir yoki bir necha superintendant yoki
supervayzer (ya’ni, usta, ish boshqaruvchi)lardan iborat bo‘lishi mumkin. Unga
loyiha muhandisi va ma’muriy menejer biriktirilib, ular joylarda boshqaruvchi
xodim qo‘l ostida ish olib boradi va o‘z xizmatlari kesimi bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatilishini ta’minlaydilar.
Ko‘rib chiqilgan sxema o‘z tuzilmasi, shuningdek, tegishli lavozimdagi
shaxslar bo‘yicha ham namunaviy tavsifga ega hisoblanmaydi. Amaliy jihatdan
har bir qurilish firmasi o‘z tashkiliy tuzilmasini mustaqil belgilaydi,
lavozimlarga oid vazifalariga aniqlik kiritadi, ular joriy vazifalarini anglab
yetishi va o‘zlari bilan bog‘liq qaror – yechimlarni hech qanday
chegaralanishlarsiz qabul qilishni ta‘kidlovchi reglament ishlab chiqiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan boshqaruv uslublarining har biri o‘ziga xos
afzallik va kamchiliklarga ega. Amaliyotda ularning barchasi ma’lum
moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, amalda mavjud vazifalarga
moslashishi qayd qilinadi. Shu sababli ma’lum aniq uslubning foydalanish o‘ta
o‘ta aniq belgilash qiyin masala. Ushbu uslublar birlashtirilishi yangi tashkiliy
tuzilmalarni yuzaga keltirib, bu konfiguratsiyalar berilgan vaziyatda yuqorida
sanab o‘tilgan muayyan uslublarga nisbatan eng yaxshi uslub bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |