137
korxona, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilish shart–
sharoitlari va ishchilar va xizmatchilar mehnati muhofazasi;
energiya samaradorligi.
Loyiha hujjatlarining tarkibi, alohida qismlar bo‘yicha
aniqlik kiritilishi
loyihalash topshiriqlari, joriy ShNK va QMQ, korxona me’yorlari, quriladigan
ob’yektlarning mo‘ljallanilishi va murakkablik darajasi va g‘oyalarning
oqilonaligi bilan belgilanadi.
Loyihalashning bosqichliligi
. Ko‘chmas mulk ob’yektlarining individual
xususiyatlariga bog‘liq, ularning qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari bir yoki ikki
bosqichda ishlab chiqiladi (4.2 – rasm).
Ikki bosqichli loyihalashda
qurilish qiymatining umumiy smeta hisob–
kitoblari bilan
texnik loyiha
va smetalar bilan
birga ishlab chiqilgan
ishchi
hujjatlar
(IH) yirik va murakkab tavsifga ega bo‘lgan korxona, bino va
inshootlar majmualari va yakka tartibdagi individual loyihalash ob’yektlari
uchun ishlab chiqiladi.
Innovatsion loyihalar, ya’ni chet el moliyalash institutlari (JB, ORB, va
(yoki) ichki fondlar (Yo‘l fondi, .....) sarmoyalari
hisobidan quriladigan
ob’yektlar O‘zR VMning 110-son qaroriga muvofiq uch bosqichli ham bo‘lishi
mumkin. Bunda TIA ikki bosqichda tuziladi, dastlabki (DTIA) va tom ma’noda
TIA. Ularning tuzilishida loyiha rentabelligi, sarmoyalarning qaytarilishi,
qatnashchilar ulushi va moliyalash sxemalari muhim o‘rin tutadi.
Bunday
loyihalarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish (Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot, Moliya va Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo Vazirliklari,
Davlat
tabiat va atrof muhitni asrash Qo‘mitasi, Milliy Bank tomonidan) va tasdiqlash
tartibi xalqaro qoidalarga moslashtirilgan.
Bir bosqichli loyihalash
(qurilish qiymati umumiy smeta hisob–kitoblari
va smetalar bilan birga
ishchi loyiha (IL
) yoki
ishchi hujjatlar (IX)
texnik
138
jihatdan sodda hamda takror qo‘llanadigan namunaviy loyihalar bo‘yicha bino
va inshootlar qurilishi uchun tuziladi.
Dostları ilə paylaş: