QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)
Alohida (bir necha) asosiy pudratchilar bilan qurilishni amalga oshirish uslubi ( Separate Prime or Multiple Prime Contractors ). Turli
sabablarga ko‘ra, mulk egasi o‘zi ish bajaruvchilarni yollashni afzal deb, topishi
mumkin. Masalan, rahbarlik qilish uchun bosh pudratchiga to‘lanadigan ish
haqini tejash maqsadida mulk egasi bevosita pudratchi va har bir subpudratchi
bilan to‘g‘ridan–to‘g‘ri shartnoma imzolaydi. Bu ko‘rinishdagi yondashuv mulk
egasi uchun jiddiy xatar ehtimolini oshiradi. Pudratchilardan biri bajaryatgan
ishlarining bir qismini to‘xtatsa bu boshqa pudratchi ishlarida uzilish yuzaga
kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda pudratchilar orasida yuzaga
keladigan da’vo arizalari va ularni bartaraf etish mulk egasi zarariga ishlaydi.
Shuningdek, ushbu ko‘rinishdagi noqulay vaziyatlar ishlab chiqarishda
kuzatiladigan baxtsiz hodisalar ro‘y berishi bilan bog‘liq yuzaga kelishi
mumkin. Bunday noqulaylik ob’yektni foydalanishga qabul qilishda ham yuzaga
kelib, bunda mulk egasi pudratchilarni har biridan alohida tarzda qabul qilishi
kerak.
Bu uslub quyidagi o‘ziga xos tavsiflarga ega:
Mulk egasi Loyihaning bajarilishini bir nechta bosh pudratchilarga
topshirib, ulardan har biri bilan alohida shartnoma imzolaydi, ushbu tuzilgan
shartnoma doirasida pudratchilar o‘zlariga topshirilgan ishlar qismining
bajarilishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmalariga oladilar;
Butun ish majmuaning alohida qismlarga bo‘lib chiqilishi quyidagi
qulayliklarni keltirib chiqarish mumkin:
–
Qurilish muddatlarini qisqarishi;
–
Nisbatan yuqori malakali va tor doirada ixtisoslashgan pudratchilarni
ishga jalb qilish;
–
An’anaviy qurilish ishlarni uslublarida tashkil etish mavjud hisob–
kitoblarni qisqartirish hisobiga tejashga erishish va qulay narxlarni tanlash;
113
Shartnomalar doirasidagi ishlarni rejalashtirish va bajarilishini nazorat
qilishda pudratchilar mas’uliyati ortadi.