Toshkent arxitektura qurilish instituti


 – rasm. Qurilish hujjatlarining tarkibi va mo‘ljallanilishi



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
4.6 – rasm. Qurilish hujjatlarining tarkibi va mo‘ljallanilishi 
 
Amerikada qo‘llanadigan atamashunoslikda loyihaga oid grafik 
materiallarning ikki turi mavjud deb hisoblanadi: jumladan, 
chizmalar 
(
Drawings
) – me’morchilikka oid hajmiy va rejaviy, kesimlar, fasadlar sh.k.lar 
hamda 
ishchi chizmalar
(
Shop Drawings
) – konstruktiv tugun, buyum va 
konstruksiyalar tarkibi, o‘lchami va ishlatiladigan ashyolar ta’riflarini aks 
ettiruvchi chizmalar. MDH davlatlarida qo‘llanilayotgan uslublardan farqli 
ravishda ishchi chizmalarni pudratchilar, subpudratchilar, yetkazib beruvchilar 
va ishlab chiqaruvchilar taqdim etadi. Taqdim etilgan ishchi chizmalarning 
nazorat qilinishi va tasdiqlanishi loyihalashtiruvchi firmaning huquq va 
majburiyatlari tarkibiga kiritiladi. Tegishli huquq va bajariladigan ishlar ketma–
ketligi tartibi qurilish ishlab chiqarishini ta’minlash haqidagi bo‘limda (18 va 28 
– boblar) bayon qilinadi.
Materiallar, xom ashyo, qurilmalarni alohida qismlar bo‘yicha qarab 
chiqish va ularni inshootga tatbiq etish yo‘li bilan ishchi chizmalar (ICh) 
loyihani (rejalar va texnik shartlar) qurilish bilan bog‘laydi. Haqiqatdan 


164 
foydalanish mumkin bo‘lgan komponentlar bilan ish olib boradigan pudratchilar 
va yetkazib beruvchilar ushbu ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘ladilar.
Texnik shartlar
(
Technical Specification
) – loyihaga va materiallar, 
qurilmalar, bajariladigan ishlar bo‘yicha uning alohida bo‘limlariga qo‘yiladigan 
sifatga oid talablarni tavsiflaydigan yozma hujjat. Texnik shartlar loyiha 
firmalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi yoki bu ish professional 
maslahatchi–spetsifikatorlarga topshiriladi. Ayrim hollarda, agar gap murakkab 
tavsifli noyob tizimlar haqida ketayotgan, masalan, stadion yopmalari loyihasi 
qarab chiqilayotgan bo‘lsa, u holda ularning ishtirokisiz masalani yechish 
mumkin emas.
Texnik shartlarni yozish uchun materiallar, buyumlar, ish jarayonlari va 
shu kabilarga tegishli zarur standartlarni yig‘ib chiqishdan iborat bo‘ladi. Barcha 
ana shunday hollarda deyarli barcha ehtiyoj va talablarni ta’minlovchi
standartlarning keng ko‘lamli to‘plamlari mavjud bo‘lib, gap faqat ulardan aniq 
loyiha talablariga javob beradigan tanlashda qoladi.
Texnik shartlar alohida qismlar bo‘yicha talab qilinishiga bog‘liq holda 
ma’lum aniq shakllarda bajariladi va ular quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin: 
Tavsiflovchi yoki loyihaga oid texnik shartlar
(
Descriptive/Design 
Specification
) – materiallar, ishlarning bajarilishi, montaj operatsiyalari, 
qurilmalarni o‘rnatishning alohida qismlar bo‘yicha tavsiflanishi. Bunda 
pudratchi ushbu ko‘rsatmalarga aniq amal qilishi talab qilinib, mulk egasi– 
natija uchun javob beradi. Loyihalovchining vazifasi – mulk egasining 
talablarini spetsifikatsiya tilida to‘g‘ri tartibda «
tarjima qilinishi
» bilan bog‘liq 
bo‘lib, bunda u «
tarjimaning
» mosligiga kelishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga 
oladi.
Oshkora tavsifdagi texnik shartlar
(
Performance Specification

pudratchiga bajarish uslublarini tanlashni qoldirib, faqat talab qilingan 
natijalarni bayon qilib beradi. Masalan, pardozlash tavsiflarini ko‘rsatishda – 


165 
yuzaga, teksturaga, rangga talablar belgilanadi. Ushbu talablar doirasida 
pudratchi o‘zi materiallarni tanlashi va bajarish usullarini tanlab olishi mumkin, 
bu holat uning tanlovgacha (tender qiymatini qayta hisoblash va pasaytirish) 
yoki sotuvdan keyin (daromadlarni oshirish) ustunligini ta’minlaydi.
Xususiy mulk egasining texnik shartlari 
(
Proprietary Specification
) – 
ehtimolligi mavjud boshqa muqobil variantlarni rad etgan holda, mutlaqo aniq 
resurs turlari va foydalaniladigan uslublarni belgilab beradi. Masalan, tag 
to‘shamalar (
pol
) aniq qazib olish joyidan olinuvchi rangga ega bo‘lgan 
marmardan ishlanishi talab qilinadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin