169
muvofiq qiymatini ta’minlash uchun barcha mavjud bilimi va materiallarini
ishga soladi. Uning tajribasi nisbatan materiallarni past narxlarda yoki qurilish
hududiga yaqin joylashgan hududdan yetkazib beruvchi ta’minotchilarni tanlab
olishga ko‘maklashib, bu esa transport vositalari sarf–harajatlarini kamaytirish
imkonini beradi.
Konstruktivlikni tahlil qilish davomida quyidagi omillarni ko‘rib chiqish
tavsiya qilinadi:
ishlarning grafigi (
taqvimiy reja/tarmoqqa oid grafik
);
qiymatlar bo‘yicha: boshlang‘ich qiymatlar, qadoqlash va yetkazib
berish uslublari; raqobatning ta’siri;
materiallar va mehnat resurslarining olinishi imkoniyatlari;
ishlarning bajarilish ketma–ketligi o‘rtasida bog‘liqliklar;
ob–havo sharoitlari.
Muhandislik tahlili va konstruktivlik
bo‘yicha bajarilgan ishlarning
samaradorligi ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari qaror
topishini va Loyihaning barcha bosqichlarida muqobil yechimlarning
muhokama qilinishini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: