Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


 Respublikada yangi ish joylarini tashkil etishning ishsizlikning ijtimoiy-



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

2.2. Respublikada yangi ish joylarini tashkil etishning ishsizlikning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini yumshatishdagi o’rni
 
Ish o’riniga bo’lgan ehtiyoj mehnat bozorida ilk bor ishchi kuchini taklif 
qiladigan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari va 
boshqa ta’lim 
muassasalari bitiruvchilari bo’lmish 
mehnatga layoqatli 
yoshdagilar), shuningdek, ishga joylashishga muhtoj band bo’lmagan aholi (ish 
joyi va daromad manbaiga ega bo’lmaganlar, chet ellardan ishlab qaytgan mehnat 
migrantlari, muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilganlar, jazoni ijro etish 
muassasasidan ozod etilgan, ishlamayotgan shaxslar va shu kabilar) hisobidan 
shakllantiriladi.
Shuni inobatga olgan holda, 2013 yilda ish o’riniga bo’lgan ehtiyoj 
parametrlari mehnat bozorining amaldagi tamoyillarini o’rganish, ishchi kuchiga 
bo’lgan talab va taklif balansiga ta’sir etadigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish omillari tahlili asosida aniqlangan. Bunda iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o’zgartirishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash 
natijasida bo’shab qoladigan xodimlar hisob-kitobiga alohida e’tibor qaratilgan.
2013 yilda mehnat bozoriga demografik omilning sezilarli va bevosita ta’siri 
saqlanib qoladi. Demografik prognozlarga ko’ra, 2013 yil boshida mehnat 
resurslari soni 17,4 million kishini, shundan iqtisodiy faol qismi 12,9 million 
kishini va ularning o’sishi mos ravishda 2,2 foiz va 2,5 foizni tashkil etadi (5.1-
jadval).
5.1-jadvaldan ko’rinadiki, 2013-2017 yillarda mehnat resurslari soni 11,3 
foizga ko’payib, 19332,7 ming kishiga etishi kutiladi. Prognoz qilinayotgan davrda 
mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 11,6 foizga ko’payib, aholining 


36 
iqtisodiy faollik darajasi 74,4 foizdan 74,7 foizga oshadi. Istiqbolda band aholi 
sonining ham muntazam ko’payib borishi kutilib, o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,36 
foiz atrofida bo’ladi.
Prognoz qilinayotgan davrda band aholi tarkibida iqtisodiyotning rasmiy va 
norasmiy sektorida bandlar sonining ko’payishi, aksincha mehnat faoliyatini 
amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar sonining kamayishi kuzatiladi. 
Mazkur holat yurtimizda har yili yuz minglab yangi ish o’rinining yaratilishi bilan 
izohlanadi.
Bundan tashqari, istiqbolda ishsizlar tarkibida mehnat organlarida ro’yhatdan 
o’tgan va mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar sonining ham o’sishi kutiladi 
hamda 2017 yilga borib Yurtimizdaaholining ishsizlik darajasi 4,6 foizni tashkil 
etishi kuzatiladi.
O’zbekistonda ishsizlikning maqbul darajasini saqlab qolish maqsadida 
mehnat bozorida ish o’riniga bo’lgan ehtiyoj prognoz qilinayotgan davrda yiliga 
o’rtacha 1219,7 ming kishini tashkil etadi, ulardan 575,7 ming nafari ta’lim 
muassasalari bitiruvchilari, 626 ming nafari ish bilan ta’minlanishga muhtoj band 
bo’lmagan aholi (ishsizlar), shu jumladan, 48 ming nafari mehnat migratsiyasidan 
qaytganlar.
2013 yil “Ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash” davlat 
dasturining prognoz parametrlari tarmoqlar bo’yicha (bandlik yo’nalishlari) va 
hududlar bo’yicha ishga joylashishga bo’lgan ehtiyoj, ayniqsa, ilk bor mehnat 
bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va ko’p 
mehnat talab etadigan ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish 
natijasida bo’shab qolayotgan xodimlarni, shuningdek, sanoatni, qishloq xo’jaligi 
va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik, infratuzilmani rivojlantirish natijasida ishchi kuchiga 
bo’ladigan talab hisob-kitobidan kelib chiqib belgilangan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin