Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

 
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………….. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI.................................... 
 
 
 
ILOVALAR 
 
 
 



Kirish 
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Hozirgi davrda 
mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning har bir hududida 
o’zining ijobiy samarasini berayotgani bejiz emas. Ammo shuni aytish kerakki, 
mamlakatda ishsizlik darajasining mavjudligi, agar iqtisodiyotga davlatning 
aralashuvi kamaytirilsa, bugungi kunda, ayniqsa, butun dunyoda jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi oqibatlari bartaraf qilinayotgan bir davrda, u yanada ortishi 
ehtimoldan holi emas.
Zero, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab 
o’tganlaridek, “Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilish 
muammosini hal etish 2011 yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli 
va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor yo’nalishi va hech mubolag’asiz, eng 
muhim shartidir”
1
. Shuningdek, bugungi kunda “Mahalliylashtirish dasturlarini 
amalga oshirish borasida to’plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga 
bog’liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur 
iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to’ldirish, tashkil etilgan 
ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, valyuta 
resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash 
bo’yicha muhim rol o’ynashini amalda tasdiqlamoqda”
2
.
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning barcha 
mamlakatlarida mavjuddir. Bozor iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlarda ham 
hech bo’lmasa joriy ishsizlik mavjud. Ishsizlikning asosiy negizi ishchi kuchi 
bozorida ishchi kuchi taklifining ish joylari sonidan ortiqchaligi bilan bog’liq. 
Ishsizlik – bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, 
mamlakatda ishchi kuchining ish bilan bandligini oshirishda, ishsizlikni ijtimoiy 
1
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng 
muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 
ma’ruza, 2011 yil 21 yanvar, -T.: O’zbekiston, 2011, 42-bet. 
2
I.A.Karimov. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 
berish – ustuvor vazifamizdir. -T.: “O’zbekiston”. 2015, 13-bet. 



himoyalashda davlat siyosati, aholi daromadlarini oshirish, aholi turmush 
darajasini ko’tarish va ishchi kuchi resurslarining yangilanib borishini 
rag’batlantirishda ishchi kuchi bozorining ushbu xususiyatlarini chuqur ilmiy 
o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hukumatning hududiy darajadagi ishsizlikni kamaytirish va ishsizlikni 
ijtimoiy himoyalashda davlat siyosati ham strategik, ham taktik maqsadlarni o’z 
ichiga olishi kerak. Chunki, har bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat har xil 
bo’ladi va ushbu nuqtai-nazardan, ularning har biriga mos bandlik va yangi ish 
o’rinlarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar qo’llash kerak. Buning uchun albatta 
hududlardagi boshqaruv organlarining ushbu sohaga yanada ko’proq e’tibor 
berishlarini ta’minlash zarur.
Shu bilan birga ishsizlik darajasi, uni hududiy va tarmoqlararo mavjudligi, 
uni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ishsizlikni ijtimoiy 
himoyalashda davlat siyosatini amalga oshirish davr talabidir.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin