Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


Ishsizliknig ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash mezonlari va



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

1.3.Ishsizliknig ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash mezonlari va 
ko’rsatkichlari 
 
Iqtisodchi olimlar o’rtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari 
qandayligi to’g’risida turlicha qarashlar mavjud. Ma’lumki, J.M.Keyns 
«…ishsizlikning davosi sifatida ish haqini pasaytirish g’oyasini qat’iy inkor etib, 
o’ziga investitsiyalar, davlat xarajatlari va sof eksportdan tashqarii iste’mol 
xarajatlarini – bunda ham so’nggi – umumiy talabning asosiy qismini ham qamrab 
oladigan umumiy talabdan kelib chiqadi»
12

Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sishi tarixi 
aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga 
olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, 
ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past 
bo’ladi. 
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar 
(davlat sektorining kamayishi), inflyatsiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil 
shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) etarlicha tez o’smaganligi 
tufayli ko’pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga 
keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat 
ta’siri qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa 
12
Rofe A.I., Zbishko B.G., Ishin V.V. Rinok truda, zanyatost naseleniya, ekonomika resursov dlya truda. – M.: 
Ekonomika, 2009. – 101 s. 


23 
inflyatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha 
kamayadi. 
Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi – eng avvalo 
ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik 
o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir. 
Qoidaga ko’ra, G’arb mamlakatlari iqtisodchilari iqtisodiy o’sish sur’atlarini 
ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni 
esa ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatdan ham, industrial 
turdagi me’yorida faoliyat ko’rsatayotgan bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish 
doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning 
ortishini anglatadi. Shunday bo’lsada, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday 
bog’liqlik ko’zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko’pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlarda sanoatning tez o’sishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini 
keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi o’sish sur’atlaridan ancha 
yuqori bo’lgan urbanizatsiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko’chib 
kelayotgan aholi malakasining pastligida, deb izohlaydilar
13

Ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan 
ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda 
mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni 
YaIMning o’sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan 
bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini 
berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan 
yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning 
kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin 
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z imkoniyatlarini hatto ayrim 
barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi.
13
Xolmo’minov Sh.R., Shoyusupova N.T. «Mehnat bozori iqtisodiyoti» (O’quv qo’llanma) – T.: TDIU, 2009. 72-
75 b. 


24 
Ikkinchidan, yashirin ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va 
ishsizlarning sezilarli qismini ochiq ishchi kuchi bozoridan tortib turadi.
Respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sabablariga ko’ra quyidagi 
asosiy turlari ko’proq uchraydi
14

bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi 
ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi. Kishilar turli sabablar (yangi yashash 
joylariga ko’chib o’tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan 
yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko’ra o’z ishlarini almashtirib 
turadilar. Biroq, bir ishdan bo’shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada 
ma’lum vaqt o’tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom 
etishi ko’rsatiladi); 
yangi kasb va mutaxassislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, 
yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo’llanishi 
natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo’lgan talab qisqarib, 
zamonaviy mahsulot turlariga talab o’sadi. Natijada, ba’zi bir kasb yoki 
mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo’qolishi 
ularning o’z kasb va mutaxassisliklarini o’zgartirish yoki shunday kasblarga talab 
saqlanib qolgan joylarga ko’chib o’tishga majbur qilib qo’yadi; 
friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil 
qiladi;
tsiklik ishsizlik – iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, u 
ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga 
keladi. Bunda o’z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch 
kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni 
ishdan bo’shata boshlaydilar;
institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi 
kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning etarli darajada 
rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi;
14
Shodmonov Sh., G’ofurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2010. 433-434 betlar. 


25 
texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib 
kelishi bilan bog’liq bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash, 
avtomatlashtirish, 
robotlashtirish 
va 
informatsion 
texnologiyalarni qo’llash hisoblanadi; 
hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy 
va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator omillar ta’sirida ishchi kuchi talabi va 
taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi; 
yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band 
bo’lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi 
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o’z 
ishchilarini birdaniga ishdan bo’shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning 
ma’lum qismi rasman ish bilan band bo’lsalarda, amalda to’liq holda 
ishlamaydilar;
turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyini yo’qotgan, 
ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat 
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi. 
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, sabablari va turlari nazariy 
asoslanishi ishsizlik holatining mezonlari va ko’rsakichlari ochib berilishini taqozo 
qiladi. Chunki ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari mehnatga layoqatli 
ishchi kuchi resurslari oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solishda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ishsizlik holatining demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari 
quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida 
bozor muvozanatiga erishish; ishchi kuchi taklifini kamaytirish; ish joylarini 
ko’paytirish; iqtisodiy faol ishchi kuchi resurslarining mehnatda ishtirokini 
oshirish; kadrlar malakasi, safarbarligi va raqobatbardoshligini oshirish; aholining 
mehnat daromadlarini ko’paytirish va boshqalar. 
Mazkur mezonlar quyidagi ishsizlik ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi: 
mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; 
aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning hajmi; mahalliy va 


26 
jalb etilgan ishchi kuchi resurslarining soni; ishchi kuchining migratsion oqimi
ishchi kuchining kapital va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma 
xizmatlarining hajmi; qishloq xo’jaligi har bir xodimining er yuklanmasi; o’rtacha 
yillik ish haqi; har bir aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; ishchi kuchi 
resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; sanoat korxonalaridagi asosiy 
kapitallardan foydalanishning smenalik koeffitsienti; ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ish bilan band bo’lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa 
miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan 
qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli shakllari va mehnatni tashkil qilishning 
samaradorligi va hokazolar. 
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ko’rsatkichlardan ishsizlik holatini tahlil 
qilish va istiqbollashtirishda hamda uning turli ko’rinishlari miqdorlarini 
aniqlashda foydalanish mumkin. 
Ishchi kuchi resurslarining prognoz balansi bo’lajak davr uchun 
(maqsadlarga bog’liq holda – 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi 
tomonidan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 
ishlab chiqiladi. Ishchi kuchi resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda 
quyidagilar hisobga olinadi: 
ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan mehnat bilan band bo’lmagan 
aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni; 
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning 
o’sishi va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish 
dasturlarini amalga oshirishning mo’ljallangan natijalari munosabati bilan ish 
bilan bandlikning o’sishi va uning tarkibiy o’zgarishi; 
ishchi kuchi resurslari sonini va iqtisodiy faol bo’lmagan aholi turli 
toifalarini (o’quvchilar, bola parvarishi bo’yicha ta’tilda bo’lgan ayollar va 
boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi. 
Ishchi kuchi resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o’rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni 


27 
va kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini 
aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi. 
Ishchi kuchi resurslaridan foydalanish holati balansda yaqqol ko’rinadi. 
Foydalanish deganda ishchi kuchi resurslarining taqsimlanishi va ulardan 
iqtisodiyotda foydalanish samaradorligi tushuniladi. «Ishchi kuchi resurslarini
taqsimlash» deganda ishchi kuchi resurslarining iqtisodiyotda ishlaydigan qismlari 
va ishlamaydigan qismlari tushuniladi. Ishchi kuchi resurslarini taqsimlashni 
iqtisodiyot tarmoqlari, iqtisodiyot sektorlari, mehnat turlari, mehnat rejimi, 
ijtimoiy-iqtisodiy sohalar miqyosida tushunish mumkin.
Ishchi kuchining ish bilan bandligini tahlil qilishga ikki tomonlama 
yondashish mumkin: 
hududlar bo’yicha ish bilan bandligi holati tahlili; 
tarmoqlar bo’yicha ish bilan bandligi holati tahlili. 
Ishchi kuchi resurslaridan foydalanishni tahlil qilish turlaridan biri
mamlakat hududi bo’yicha tahlil qilish bo’lib, u orqali muayyan foydali axborotlar 
va natijalarga ega bo’linadi. Respublika hududi iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va 
geografik jihatdan bir biridan katta farq qiladi. Bu farqlar hududlardagi ishchi 
kuchi resurslarining o’ziga xos shakllanishi va ulardan foydalanishda o’z ifodasini 
topadi. Ishchi kuchi resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishning 
mintaqaviy xususiyati, avvalo, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri 
bilan bog’liqdir. 
Bandlikning tarmoqlardagi holatini tahlil qilish iqtisodiyotning tarmoqlar 
xususiyatidan kelib chiqadi. Tarmoqlarning rivojlanganligi, iqtisodiyotda tutgan 
o’rni, YaIMdagi ulushi kabilar undagi bandlik holatini belgilab beradi. Bundan 
tashqari tarmoqlardagi bandlikka demografik, geografik, iqtisodiy omillar ham 
ta’sir qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, ish bilan bandlikning har ikkala holatini tahlil qilish 
mamlakatda ishchi kuchining ish bilan bandligi holati haqidagi tushunchalar, 
xulosalar va natijalarni yanada aniqlashtiradi. Shuningdek, bu borada amalga 


28 
oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar va islohotlarni aniq yo’naltirish imkonini 
beradi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin