Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


 Bozor tizimi sharoitida ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

1.2. Bozor tizimi sharoitida ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini 
barataraf etish mexanizmi 
Ishsizlik darajasining tabiiy miqdori qancha bo’lishi mumkin, degan masala 
ustida iqtisodchi olimlar juda ko’p fikrlar bildiradilar, lekin biror mamlakatda 
uning aniq miqdori belgilangan emas. Masalan, AQShda ishsizlar sonining tabiiy 
darajasi 1960 yillarda 4-6% ga ko’tarildi
7
. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan 
davrdagi ishsizlik darajasi tabiiy me’yoriy holat deb ifodalanib, ishlab 
chiqarishning potentsial imkoniyati bilan bog’liqlikda bo’ladi. Agar bandlik yuqori 
bo’lib, ishlab chiqarishda ham ko’p bo’lsa, spiralsimon inflyatsiya yuzaga keladi.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori bo’ladi, chunki ixtiyoriy va tarkibiy 
ishsizlik u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi 
inflyatsiyaning kuchayishini to’xtatib turadi.
Iqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va 
YaIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu 
nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar 
7
Genkin B.M. Ekonomika i sotsiologiya truda: Uchebnik dlya vuzov. – 4–e izd., dop. – M: NORMA, 2009. – 294 s 


17 
ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, 
YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi
8

Ishchi kuchi resurslarini ish bilan bandligi tarkibi shakllanishida ilmiy-
texnik taraqqiyotning o’rni ham katta. Ishchi kuchini samarali ravishda ish bilan 
ta’minlash tizimini rivojlanishi zamirida ishlab chiqarishining o’sishi va har bir 
band odamning samarali ishlashining o’sishi yotadi. Biroq, ishchilarning tajriba va 
mahorat darajasini oshirmay turib mehnat unumdorligini oshirib bo’lmaydi. Milliy 
iqtisodiyotdagi mahoratli ishchilarning qanchalik ko’p bo’lishi, shunchalik mehnat 
unumdorligini va turli xizmat va mahsulotlarning ko’p bo’lishini anglatadi. 
Iqtisodiyotning rivojlanishini aniqlovchi asosiy omil bugungi kunda ishchi 
kuchining sifatidir.
Ishsizlik, mehnat munosabatlari, ularni davlat tomonidan tartibga solish, 
oldini olish muammolarini o’rganishning tarixiy ildizlari XVIII asrga borib 
taqaladi. Ishsizlik va uni davlat tomonidan tartibga solish masalasini birinchi bo’lib 
1894 yilda AQShning Ogayo shtatidagi tadbirkor Djekob Koksi ko’tarib, davlat 
tomonidan bandlikni qo’llab-quvvatlovchi dasturlarni qo’llashni taklif qildi. Uning 
rejasida davlat ishsizlarni himoya qilishi va ma’lum miqdorda nafaqa berishi kerak 
edi. Lekin uning fikri AQSh Kongressi tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi. Fikri 
ma’qullanmagan Koksi 1894 yil 25 martda tarixda birinchi marta ishsizlardan 
iborat “Koksi Armiyasi”ni tuzadi va Vashingtonga yo’l oladi. Lekin bu harakat 
davlat tomonidan bostiriladi. Faqatgina, 1930 yillarga kelib buyuk inqirozdan 
keyingina davlat bu masalaga jiddiy qaraydi va ishsizlikka qarshi, bandlikni 
qo’llab quvvatlovchi dasturlar ishlab chiqadi. 
Chunki, ishsizlik darajasi shu yillari 15 foizdan ham oshib ketgan edi. 2009-
2010 yillarga kelib AQShda ishsizlik darajasi 5,0 foizni tashkil etdi, ish izlash 
muddati qisqardi. Bu mamlakatda kishilar ish o’rinlarini yo’qotsa, o’zlari faol ish 
qidirishga harakat qiladilar. Amerikaning har bir shtatida ishchi kuchi bandligi va 
ishsizlarga yordam bo’yicha o’zining Qonunlari amal qiladi.Ular ishsizlik 
nafaqalarini Federal va shtat fondlaridan to’laydilar.
8
Shodmonov Sh., G’ofurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2010. 436 bet. 


18 
Hozirgi kunda tajribali mutaxassislarga, ularning mahoratini oshirishga 
sarflanadigan xarajatlar butunligicha ishchi kuchiga xarajatlar sifatida qaralmoqda. 
Unga to’la asos bilan ishchilar sog’lig’ini ta’minlashga sarflanadigan xarajatlar 
ham kirib ketadi. Kuzatishlarga qaraganda, AQShdagi ishchilarni tajribali 
mutaxassis ishchilar guruhiga kiritish uchun ishchi kamida o’rta maktabda tahsil 
olgan bo’lishi kerak. Yana ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, 30 ta 
ommalashib borayotgan mutaxassisliklar orasida 2/3 qismidan ko’prog’i hamda 
shu 30 ta kasb egalarining yarmi 1990 yillarda o’rta ta’lim muassasalarida tahsil 
olgan.
T.Shults AQShdagi ishchi kuchi zahiralari investitsiyasiga son jihatdan 
birinchilardan bo’lib baho bergan. Oxirgi 40 yil ichida ta’limga investitsiya kiritish 
20 barobarga oshgan va 1997 yilda byudjetdan ta’limga ajratilgan sarflar 450 mlrd. 
dollar atrofida bo’lgan. Mutaxassislarning malakasi va tajribasini oshirishga 
qaratilgan investitsiya jismoniy kapitalga kiritilgan investitsiyadan 3 barobarga 
ko’p bo’lgan (440 mlrd. dollar). Bundan tashqari, ishchi kuchi resurslariga 
byudjetdan ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minotga jami 1 trln. dollarga yaqin 
mablag’ sarflangan
9
.
Ishchi kuchiga bo’lgan investitsiya hajmining o’sishi YaIM ishlab chiqarish 
va iqtisodiy o’sish bilan chambarchas bog’liq. AQSh iqtisodchilarining hisob 
kitobiga qaraganda, 1890 yilda YaIM ning 50% - xom-ashyo, mineral va energetik 
zahiralariga to’g’ri kelgan va 100 yildan keyin ularning YaIMdagi ulushi 10,0% 
dan ham oshmagan.
Ilmiy-texnik taraqqiyot XX asrda ijtimoiy ishlab chiqarish va iqtisodiy 
o’sishni samarali oshishining asosiy manbai bo’lgan. Shuni ta’kidlash kerakki, 
ilmiy-texnik taraqqiyot u yoki bu ko’rinishida mehnat unumdorligining o’sishida 
namoyon bo’ladi. Bu omillarning ta’sirini AQSh milliy daromadi o’sishining 
uchdan biri ilmiy-texnik taraqqiyot omiliga to’g’ri kelganligi bilan tushuntirish 
mumkin. Evropaning rivojlangan mamlakatlari va Yaponiya urushdan keyingi 10 
9
Manba: Internet tarmog’ining http://www.ilo.org va http://www.indexmundi.com veb-saytlari ma’lumotlaridan 
olindi 


19 
yillikda iqtisodiy o’sishga ilmiy-texnik taraqqiyot hisobiga, mehnat va kapitalni 
samarali joriy qilish natijasida erishgan.
Aksincha, XX asrning ikkinchi yarmi tarixida rivojlangan mamlakatlarda 
tabiiy boyliklarni, ishchi kuchini qo’shimcha ravishda jalb qilish natijasida 
davomli iqtisodiy o’sishga doir misollarni uchratmaymiz. Qanchalik miqdorda u 
yoki bu omilni ko’proq kiritilishi, shunchalik uning taqdirlanishini belgilaydi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu ish bilan bandlik tarkibining transformatsiyasidir.
Mehnatga nisbatan mukofot sifatida ish haqi belgilanadi. Yuqori darajadagi 
ish haqi firmalar faoliyatida ayni resursning ijobiy ta’sirini uyg’otadi va bu ish xaqi 
minimal mehnat xarajatlari bilan ishlashga olib keladi. Demak, shuni ta’kidlab 
o’tish mumkinki, ishchi kuchini tejash, ish xaqini tejash degani emas. Shuni 
alohida qayd etish lozimki, o’tish davri iqtisodiyoti sharoitida qator mamlakatlarda 
ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligi tarkibi o’zgarmoqda. O’tish davri 
iqtisodiyoti rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan iqtisodiy tizimdir. 
Bunday tizimda iqtisodiy o’sish barqaror yoki barqaror bo’lmasligi mumkin. Misol 
tariqasida, Xitoyda so’nggi 20 yil ichida iqtisodiy pasayish kuzatilmadi va bozor 
iqtisodiyotiga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshdi. Ammo, «shok terapiyasini» 
qo’llagan mamlakatlarda iqtisodiy pasayish yuz berdi, tarkibiy o’zgarishlar esa 
iqtisodiy pasayish sharoitida amalga oshdi. Demak, o’tish davri iqtisodiyotida 
ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandlik tarkibining shakllanishi iqtisodiy 
o’sish hisobiga emas, balki ishlab chiqarishning mutlaq yangi sharoitga 
moslashishi bilan tavsiflanadi
10
.
Shchvetsiyada ishchi kuchi bozorini tartibga solishda faol siyosatga 
asoslanadi. Bu mamlakatda ishsizlik darajasi 1,4 foizni tashkil etadi. Xodimlarni 
qayta malakasini oshirishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga boshqa mamlakatlarga 
qaraganda eng ko’p harajat sarflanadi. Yiliga byudjet mablag’larining 6-8 foizi 
ishchi kuchi bozoridagi faol (70 %i) va passiv (30 %) siyosat uchun sarflanadi
11
.
Bu mamlakat ishchi kuchi bozoridagi siyosat: 
10
Manba: Internet tarmog’ining http://www.ilo.org va http://www.indexmundi.com veb-saytlari ma’lumotlari 


20 
-ishsizlarni ishchi kuchi bozoriga qaytarish; 
-iqtisodiyot sohalari bo’yicha ishchi kuchini qayta taqsimlash; 
-mehnatga joylasha olmagan shaxslarni ijtimoiy himoyasini ta’minlash kabi 
tamoyillarga asoslanadi. 
Ishsizlik muddati 1 yilgacha bo’lsa- qisqa, 1 yildan oshsa uzoq muddatli 
hisoblanadi. Mehnat borasidagi siyosatni Mehnat vazirligi amalga oshiradi. 
Vazirlikda markaziy ishchi kuchi bozorini boshqarish boshqarmasi 24 ta mehnat 
bo’yicha guberniya qo’mitalari, 330 ta ish bilan ta’minlash shahar byurolari 
faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bu singari bandlik xizmatlari “Ish bilan 
ta’minlash” Qonuni bilan mustahkamlangan, xususiy bandlik xizmatlarini tashkil 
etish ta’qiqlangan.
Shchvetsiyada 3 yilda bir marta mamlakat miqyosida ishchi kuchi bozori 
muammolari bashorat qilinadi. Bashoratning asosiy maqsadi, resurslardan samarali 
foydalanish, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotni muvofiqlashtirish, har 
bir ish izlayotgan shaxsga ish joyini taqdim etishda eng avvalo yoshlar, ayollar va 
aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini inobatga olishdan iborat.
Shchvetsiya ishchi kuchi bozoridagi olib borilayotgan faol siyosat quyidagi 
ikki elementni o’z ichiga oladi: 
- birinchidan, yangi ish o’rinlarini yaratish va unga xodimlarni tayorlash, 
qayta o’kitish markazlarini yaratishni rag’batlantirish: 
- iqtisodiy ko’rsatkichlari past bo’lsada, ijtimoiy zarur xizmatlarni 
ta’minlovchi sektorlarda ishchi kuchi resurslarini ish bilan bandligining davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashdir. 
Ishchi kuchi bozorini tartibga solish borasida Finlyandiya tajribasi ham 
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu mamlakatda ishsizlik davomiyligi o’rtacha 15 
hafta davom etadi. Ishsizlarning asosiy qismini yoshlar va ayollar tashkil etadi. 
1988 yilda qabul qilingan “Bandlik to’g’risida”gi Qonun bandlik jarayonini 
tartibga soluvchi asosiy qonun hisoblanadi. Finlyandiyada 2000 yillarga kelib 
yoshlar 
ishsizligi 
kuchayganligi 
bois, 
bu 
masalaga 
alohida 
e’tibor 
qaratilmoqda.Unga ko’ra 20 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ishsizlik muddati 3 


21 
oydan, 25 yoshlilarning uzuliksiz ishsizligi 1 yildan oshmasligi lozim. Ishchi kuchi 
resurslari markazi mamlakat bo’yicha barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, faol 
ish qidiruvchilarni ro’yxatga oladi. Ushbu markaz xizmatidan yiliga 500 ming 
kishi foydalanadi. Ular tomonidan “Ishchi kuchi bozori” maxsus haftanomasi 
bepul nashr etiladi. 
Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad – ishchi kuchi 
resurslarining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini 
kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar 
ishlab chiqishdan iborat.
Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ish joylarini 
yaratish, ularni ishga tushirish, aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak. 
Qolaversa, 
jahon 
hamjamiyati 
bilan 
uyg’un holda ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni jadal rivojlantirib borish lozim. 
Ishsizlar – bular shunday kishilarki, ular ishchi kuchi bozorida o’z 
xizmatlarini faollik bilan taklif qiladilar, ish qidiradilar, bu narsa ish bilan 
bandlikning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga 
olinishi darkor.
Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sish tarixi 
aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga 
olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, 
ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past 
bo’ladi. 
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini 
berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan 
yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning 
kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin 
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potentsialini hatto ayrim 
barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin 
ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini 
ochiq ishchi kuchi bozoridan tortib turadi. 


22 
Ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligi tarkibi shakllanishida ilmiy-
texnik taraqqiyotning o’rni ham katta. Ishchi kuchini samarali ravishda ish bilan 
ta’minlash tizimini rivojlanishi zamirida ishlab chiqarishining o’sishi va har bir 
band odamning samarali ishlashining o’sishi yotadi. Biroq, ishchilarning tajriba va 
mahorat darajasini oshirmay turib mehnat unumdorligini oshirib bo’lmaydi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin