29
maydonga chiqadi, u ishchi kuchi bozorini tartibga solish uchun muayyan
strategiyani ishlab chiqadi.
Xususan, shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qo’llash sohasi,
undan foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash xuquqini rasmiy beradi.
Erkin sub’ekt sifatida u shaxsiy mulkchilik va o’zining
ishchi kuchiga egalik
xuquqiga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash
to’g’risida”gi Qonunida ta’kidlanganidek, “O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga
ishlab chiqarish va ijodiy mehnat uchun o’z qobiliyatlariga egalik qilish va
qonunchilik man qilmaydigan har qanday faoliyat bilan shug’ullanish
xuquqi
berilgan. Mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majbur qilishga yo’l
qo’yilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band bo’lmasligi ularni javobgarlikka tortish
uchun asos bo’la olmaydi”.
16
Quyidagi jadvalda mehnat organlarida ro’yxatga
olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni va salmog’i ko’rsatilgan. Unda ro’yxatga
olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni 2010 yilda 2006 yilga nisbatan 19,1 ming
kishiga kamayganligi, yoki 30 %ga tushganligini aytib o’tish mumkin (2.1.1-
jadval).
Dostları ilə paylaş: