298
3.
O‘rdadagilar nima uchun Sultonalining najot topishiga
ishon mas edilar?
4.
Anvarning o‘rdada paydo bo‘lishi qoldirgan taassurot tas-
viriga e’tibor
bering va unga asoslanib, adolatsizlik va
yuksak ma’naviyat haqida fi kr yuriting.
5.
Anvar bilan Xudoyorxon o‘rtasidagi
olishuvga diqqat qi-
ling. Bu «jang»da sizningcha kim g‘olib chiqdi?
6.
Dor ostidagi Anvar bilan mulla Abdurahmonning to‘q-
nashuvi lavhasiga e’tibor bering. Har ikkisining tabiatiga
xos jihatlar tasviri haqida to‘xtaling.
7.
Anvarning qutqarilishi sahnasiga e’tibor bering. Uning xa-
loskori kimlar deb o‘ylaysiz?
8.
Asar
matniga tayanib, Qodiriyning so‘z qo‘llash san’ati
haqida fi kr yuriting.
9.
Adibning qaltis vaziyat tasvirini bera bilish mahorati na-
moyon bo‘lgan o‘rinlar haqida misollar asosida so‘zlang.
299
Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi..
.
bdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yil-
da Andijon shahrining
Qatorterak mahallasida
tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muham-
mad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilari-
dan bo‘lib, savdogarlik bilan shug‘ullanar edi. U
zamonasining o‘qimishli
kishilaridan hisoblanar,
o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda
bo‘lajak shoir ning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon
tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.
Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli
bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki,
u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshi-
gina xabardor bo‘lgan.
Abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi.
Vaqti yetgach,
Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning
talabini ilg‘agan Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida
ham o‘qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy
iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu til-
Dostları ilə paylaş: