130
аyyor jonivor ekаnligi mа’lum.
Shu bois bаdiiy аdаbiyotdа
tulki аyyorlik rаmzi sifаtidа qаbul etilgаn. Burgut, аrslon,
ohu, bulbul, tuya vа hokazo jonivorlаrning timsollаrini hаm
rаmziy mа’nodа qo‘llаsh mumkin.
«Oq kemа» qissаsidа Shoхdor onа bug‘u rаmziy obrаz
bo‘lib, u hech qаchon tаmomilа yo‘qotib bo‘lmаydigаn
ezgulik, yaхshilik, mehr-oqibаt timsolidir. Onа bug‘uni хаlq
rаmzi deyish hаm mumkin. Bаliq vа oq kemа hаm rаmziy
mа’no tаshiydi. Chunonchi, bolа
uchun bаliq erk vа qudrаt
rаmzi. Chunki u suvdа judа uzoq suzа olаdi. Yanа ko‘zini
hаm yummаydi, nаfаsi hаm qаytmаydi. Oq kemа – to‘kislik,
mehr-u oqibаt, diydor rаmzi. Bolаning nаzаridа, oq kemаgа
yetib olsа, otаsini topаdi. Bаdiiy аsаrlаrdа bа’zаn nаrsаlаr
o‘zlаrigа to‘g‘ridаn to‘g‘ri tegishli bo‘lmаydigаn mа’nogа
egа tаrzdа tаsvirlаnishi hаm mumkin. Anа shundаy ko‘chmа
mа’nogа egа bo‘lgаn timsollаr rаmziy obrаzlаr hisoblаnаdi.
Qissa qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bo-
bosidan boshqa suyanadigan odami,
yaxshilik qilish mum-
kin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini
xayol da yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi.
Oq kemada otamni ko‘raman deb o‘ylagani sabab uni diy dor -
ning, oqibatning ramzi deb biladi.
132
RAVSHAN
(Dostondan parcha)
Burungi o‘tgan zamonda, el-yurti omonda, Buxorodan
tumanda
1
, Taka-Yovmit deganda, Yovmit elida, Chambil-
ning belida Go‘ro‘g‘libek
davrini surib, dushmanning do-
dini berib o‘tdi.
Qirq yigitni yig‘dirib, silovsin to‘n kiydirib, kuniga
kech kisin
2
sergo‘sht qilib, sermoy palovga to‘ydirib, semiz
qo‘ydan so‘ydirib, ko‘pkarisin choptirib, olomonga ola sar-
po yoptirib, el-u xalqning ko‘nglini toptirib,
Yunus bilan
Misqol parini Ko‘hi Qofdan, Eram bog‘idan keltirib, umr
o‘tkazar edi.
Go‘ro‘g‘libekning farzandi bo‘lmadi. Hasanxonni Va-
yangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib, ikkovini ulim
deb, iskasam
3
gulim deb, jon-u dilim deb, tobutimning che-
gasi, el-u yurtimning egasi, o‘lsam, merosxo‘rim deb, ik-
kovi bilan ko‘nglini xush qi lib, shularga bino qo‘yib, «bo-
lam-bo‘tam» deb parvarish qilar edi. Avazxonni Og‘a Yu-
1
Tumanda
– tubanda, quyida.
2
K
е
chkisin
– kеchqurun, kеchki ovqat.
3
Iskam
о
q
– hidlamоq.
133
nus pari «o‘g‘lim» deb yoqasidan solib,
etagidan olib edi,
Hasanxonni Misqol pari yoqasidan solib, etagidan olib edi.
Parilar ikkoviga bino qo‘yib, bolam deb suyib, har qaysisi
o‘z uylarida parvarish aylab tarbiyat qilar edi.
Ikkovini katta qildi. Avazxon bilan Hasanxon ham sher
haybatli, yo‘lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli
yigitlar bo‘ldi. Go‘ro‘g‘libekning ham o‘g‘illaridan ko‘ngli
to‘ldi. Hasanxon Arzrumdan xon Dallini olib qochib, qirq
kun shohona to‘ylar berib, o‘z rasm-rusumlari bilan oldi.
Avazxonga Gulqiz degan bir barno suluvni olib berib, uyini
tushirib berib, davrini surib yuraverdi.
Hasanxonga xon Dallidan bir o‘g‘il paydo bo‘ldi.
Go‘ro‘g‘libek to‘ylar qilib, otini Ravshanbek qo‘ydi.
Avazxon bir-ikki yildan so‘ng qizli bo‘ldi. Go‘r-
o‘g‘libek quvonib, suyunib, munga ham to‘ylar qilib, otini
Gulanor qo‘ydi. Enagalar parvarish qilib boqib, bachalarni
1
tarbiya qilib katta qildi. Bachalar birdan ikkiga kirdi, ota-
ena deguday bo‘ldi,
osh-u non bersa, yeguday bo‘ldi, u
yoq-bu yoqqa borib keguday bo‘ldi. Ikkidan uchga, to‘rtga
kirdi, ikkovini bir maktabga berdi. Ikkovi ham o‘qib mulla
bo‘ldi.
Kunlardan bir kun Go‘ro‘g‘libek parilar bilan o‘tirib
edi. Ravshanbek ayni o‘n besh-o‘n olti yoshida, zarli qal-
poq
2
boshida, yuzi yarqirab, eshikdan salom berib bordi.
Go‘ro‘g‘libek Ravshanbekni ko‘rib, dimog‘i chog‘ bo‘lib,
parilarga qarab aytdi: «Ho‘ parilar, mening ko‘nglimga
bir gap keldi, sizlarga aytayin, sizlar nima deysizlar? Me-
ning o‘zimga
shu ishim juda xush keldi, sizlarga ham
xush kelar. Men Avazxon bilan Hasanxonni quda qila-
yin, Gula norjonni Ravshanjonga fotiha qilayin, o‘zim sov-
chi bo‘layin, bugun borayin». Unda parilar: «Juda yaxshi
bo‘ladi. Bizlarga ham bu so‘zingiz yoqdi, yaxshi aytdingiz
bu gapdi», – deyishib, quvonishib qoldi.
1
Dostları ilə paylaş: