133
nus pari «o‘g‘lim» deb yoqasidan solib, etagidan olib edi,
Hasanxonni Misqol pari yoqasidan solib, etagidan olib edi.
Parilar ikkoviga bino qo‘yib, bolam deb suyib, har qaysisi
o‘z uylarida parvarish aylab tarbiyat qilar edi.
Ikkovini katta qildi. Avazxon bilan Hasanxon ham sher
haybatli, yo‘lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli
yigitlar bo‘ldi. Go‘ro‘g‘libekning ham o‘g‘illaridan ko‘ngli
to‘ldi. Hasanxon Arzrumdan xon Dallini olib qochib, qirq
kun shohona to‘ylar berib, o‘z rasm-rusumlari bilan oldi.
Avazxonga Gulqiz degan bir barno suluvni olib berib, uyini
tushirib berib, davrini surib yuraverdi.
Hasanxonga xon Dallidan bir o‘g‘il paydo bo‘ldi.
Go‘ro‘g‘libek to‘ylar qilib, otini Ravshanbek qo‘ydi.
Avazxon bir-ikki yildan so‘ng qizli bo‘ldi. Go‘r-
o‘g‘libek quvonib, suyunib, munga ham to‘ylar qilib, otini
Gulanor qo‘ydi. Enagalar parvarish qilib boqib, bachalarni
1
tarbiya qilib katta qildi. Bachalar birdan ikkiga kirdi, ota-
ena deguday bo‘ldi, osh-u non bersa, yeguday bo‘ldi, u
yoq-bu yoqqa borib keguday bo‘ldi. Ikkidan uchga, to‘rtga
kirdi, ikkovini bir maktabga berdi. Ikkovi ham o‘qib mulla
bo‘ldi.
Kunlardan bir kun Go‘ro‘g‘libek parilar bilan o‘tirib
edi. Ravshanbek ayni o‘n besh-o‘n olti yoshida, zarli qal-
poq
2
boshida, yuzi yarqirab, eshikdan salom berib bordi.
Go‘ro‘g‘libek Ravshanbekni ko‘rib, dimog‘i chog‘ bo‘lib,
parilarga qarab aytdi: «Ho‘ parilar, mening ko‘nglimga
bir gap keldi, sizlarga aytayin, sizlar nima deysizlar? Me-
ning o‘zimga shu ishim juda xush keldi, sizlarga ham
xush kelar. Men Avazxon bilan Hasanxonni quda qila-
yin, Gula norjonni Ravshanjonga fotiha qilayin, o‘zim sov-
chi bo‘layin, bugun borayin». Unda parilar: «Juda yaxshi
bo‘ladi. Bizlarga ham bu so‘zingiz yoqdi, yaxshi aytdingiz
bu gapdi», – deyishib, quvonishib qoldi.
1
Dostları ilə paylaş: