140
ra o‘g‘lining jamoliga, novdaday o‘sgan kamoliga ko‘zi
to‘ymay, ...ichi g‘amga to‘lib, rangi gulday so‘lib, yolg‘iz
bolasidan
ayrilib qololmay, oh tortib:
– E Ravshanjon! Axir mening uyimni motamxona
qilib, meni tashlab ketar ekansan-da, – deb turib, asli mard
emasmi, «Kel tavakkal-da», – deb ...o‘zi dildorlik berib
...o‘g‘liga qarab necha yerdan timsol keltirib, nasihat qilib
so‘z aytayotir:
Paydo bo‘lding ikki gavhar donadan,
Parvoz qilib uchding manzil-xonadan.
Avval aytgan nasihatim,
Ravshanjon,
Kechsang yomon bo‘lar ota-onadan!
Eshitib ol, otang sho‘rning arzini,
Elida sarg‘aytding gulday tarzini.
Bir qiz uchun unutmagin bizlarni,
Unutma otang ham onang qarzini!
O‘zingdan pastlarman har yo‘lga ketma!
Bolam, aytgan nasihatim unutma!
Oldingdan kim chiqsa, besalom o‘tma!
Bir g‘aribni ko‘rsang, zinhor og‘ritma!
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot!
Nasihatim yod qilib ol, yolg‘izim,
Yolg‘iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.
Hasanxon polvon mard emasmi, bolasiga qarab, oq foti-
hani betiga tortib: – Bor, bolam, manglayingni Xudo och-
sin! – deb qolaverdi. Ravshanbek otasidan duo olib, otining
boshini solib, yo‘lga ravona bo‘lib ketaverdi.
* * *
Ravshan... tog‘-u toshlar, cho‘l-u biyobonlarni bo-
sib o‘tib, Shirvonga keladi. Bu yerda bir kampirga o‘g‘il
bo‘lib yurib, kunlarning birida shaharni aylanar ekan,
141
bozorning ustidan chiqib qoladi. Zulxumorning qalpoq
tikib, har bozor kuni yigitlarga sotishni rasm qilgani, bo-
zordagi ko‘shkning ustida yuzini ochib o‘tirishi, yigitlar
ko‘rmanasiga bir lagan tilla hadya qilib, uni tomosha qi-
lishlarini bilib oladi.
* * *
...Ravshanbek bozorning ustidan kelib qolib, «Yorim
Zulxumorjonni ko‘raman», – deb, dimog‘i chog‘ bo‘lib,
vaqti xush bo‘lib, bozordagi odamlarga qarab, bir so‘z ay-
tib turibdi:
Uzoqdan kelayotibman,
G‘amning loyiga botibman,
E yoronlar,
birodarlar, birodarlar!
Men yorimni yo‘qotibman.
E yoronlar, birodarlar, xaloyiq!
Men yorimdan adashibman...
Elda davron surgan bormi?
O‘z davriman yurgan bormi?
Bizning yordan ko‘rgan bormi?
Yor daragin bergan bormi?
Toblab zulfi n o‘rgan bormi?
Yorman suhbat qurgan bormi?
Yoki birga yurgan bormi?
Bog‘idan gul tergan bormi?
Bizning yordan ko‘rgan bormi?
Yor daragin bergan bormi?..
Shunday asov toyday yorni
Qo‘lga keltirsam deb keldim.
Oshiqligim shu barnoga
Endi bildirsam deb keldim.
Eldan o‘zgan
chin suluvni
142
Ishqib
1
ildirsam deb keldim.
Aytganima ko‘nmasa-chi,
Aldab ko‘ndirsam deb keldim.
Bizning yordan ko‘rgan bormi?
Yor daragin bergan bormi?
...Past-pastgina past ko‘chalar,
Holin bilmas bir nechalar,
Bedov mingan boyvachchalar,
Boyvachchalar, bekvachchalar,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Bozor kelgan bozorchilar,
Yo‘lni
kezgan guzarchilar
2
Tinmay elni kezarchilar,
Jo‘n
3
savdoni buzarchilar
4
,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Mardikorlik – ish bozori,
Cho‘yan bozor, mis bozori,
Manov pishiq g‘isht bozori,
Qassob bozor – go‘sht bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Changib
yotgan un bozori,
Qo‘qib
5
yotgan jun bozori,
Anov mursak
6
, to‘n bozori,
Pichoq bozor, qin bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Anovi qovun bozori,
Baqqollik,
sovun bozori,
1
Dostları ilə paylaş: