136
Og‘a Yunus pari: «Ey bolam, Avazni nega urishasan.
Menga aytgin, anglab, bilib olayin», – desa, bola har
o‘ksiydi, gapirolmaydi.
– E ena! Avazing: «Qizimni bermayman, mening tengim
emas», – deb bizni quzg‘un, o‘zini lochin tutdi. Bachchag‘ar
Avaz bizdan ortiq bo‘lib ketibdi. Shu Avazdan kam bo‘lsam,
cho‘llarga boshimni olib ketaman. Qo‘yaver, ena, qo‘yaver,
endi Chambilda turmayman, shu Chambilni Avazga berdim, –
deb bola dim o‘pkasini bosolmaydi. Shunda Yunus pari kulib,
Ravshanbekning so‘zlariga hayron bo‘lib:
– E bolam, Ravshanjon, muddaong Avazning qizi –
Gul anor bo‘lsa, aslo g‘am yema! «Qizi borning nozi bor»
degan, shunday-shunday deydi-da. Unga sen xafa bo‘lma!
Mana men, men borayin otangning orqasidan; uning qizda
nimasi bor ekan? Tortib olib bersam ham Gulanorni senga
olib beraman... Qani, men borayin, «bermayman», degan
Avazni ko‘rayin, shu Avazmi qizini bermaydigan, – deb
Og‘a Yunus pari bormoqchi bo‘laverdi. Shunday qarasa,
Ravshanbek juda otashin. Shunda pari ko‘nglida: «Bu bola
achchig‘i bilan bir yoqqa ketib qolmasin», deb xosiyatli
uzugini ovunib o‘tirsin deb, qo‘lidan olib, Ravshanbekka
berdi.
– E Ravshanbek, shu uzukka qarab o‘tir, men borib,
Avazning qizi – Gulanorjonni senga fotiha qilib, to‘y tarad-
dudini qilib darrov kelaman, – deb pari ham turib ketdi.
Endi Ravshanbek ko‘zining yoshini artib, shunday ni-
ginga
1
qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami pa-
rini bandiga
2
olgan
duoli yozuvi bor, olam mamlakatiga ber-
maydigan xosiyati bor; har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti
bor; ba’zi-ba’zi juda nozik, uzik
3
suluvning ham oti bor, ham
surati bor, shu uzukning bir chetida Qoraxon podshoning
qizi – Zulxumor degan bir qizning oti bor, ham surati bor.
1
Dostları ilə paylaş: