145
Ravshanbek masti beixtiyor bo‘lib, ikki qo‘lini ko‘tarib,
bulg‘ab
1
,
oyoqni uzangiga tirab, balandga qarab baqirib,
qizlar ni chaqirib bir so‘z aytadi:
Kuygan alvon-alvon so‘zlar,
Ayrilgan bir-birini izlar.
Ko‘shkida o‘tirgan qizlar,
Baring birday botamizlar
2
,
Turinglar, Chambil ketamiz,
Juringlar, Chambil ketamiz!
Shirvon elning barnolari,
Suluvlarning
podsholari,
Yigitlarning dilxolari,
Yuzlari mehr-u mohlari
3
,
Juringlar, Chambil ketamiz,
Turinglar, Chambil ketamiz!
Zulfi n toblab o‘rgan qizlar,
Elda davron surgan qizlar,
Kaptarday bo‘b
yurgan qizlar,
Qalpoq sotib turgan qizlar,
Juringlar, Chambil ketamiz,
Turinglar, Chambil ketamiz!
...Unda hamma qizlar hayron qolib kulayotir. «Hu-hu», –
deyishib qarayotir. «Nega unday qilayotir?», – deb bir-biri-
dan so‘rayotir... Ravshanbek shu yerda qip-qizil tentakka
chiqib qoldi... Bir pilla
4
Ravshanbek
hushiga kelib qarasa,
qorong‘i bo‘lib qolibdi, bozor tarqab ketibdi, qizlar tushib
ketibdi. Ravshanbekning o‘zi qolibdi. Hech kim yo‘q... U
1
Bulg‘ab
– silkitmоq, imlamоq, undamоq.
2
B
о
tamiz
– tamizli, mazali.
3
M
е
hr-u m
о
h
– quyosh-u оy.
4
Pilla
– palla, vaqt.
146
yoq-bu yoqqa qarab, qizlarning qayoq qa ketganini bilmay,
bir dardi ming bo‘lib, ichi g‘amga to‘lib... ne pillalarda
uyga keldi...
Enasi Ravshanbekning
joyini solib berib, uxlagali jo-
yiga o‘tib yotdi. Bolaning uyqusi qayoqdan kelsin, ilon,
chayon chaqqanday Zulxumorning ishqi kuydirib bo-
rayotipti. Uh deydi bo‘lmaydi, uyqu kelmaydi... Bolaning
ko‘ziga dalaning shu’lasi baland ko‘rindi.
Tomga chiqib
qarasa, katta yo‘l bilan boyagi ko‘shkda ko‘ringan qizlar,
qancha kanizlar kelayotir... Bularning orqasidan boyagi
ko‘shkda ko‘ringan xossaki
1
ka nizlar bilan Zulxumoroyim
o‘tib borayotipti.
...Ravshanbek tomdan o‘zini tashlab ketdi. Kampir:
«Ha, bolasi tushmagur, qayt-chi-qayt!» –
deb qichqira-
qichqira qoldi. Ravshanbek piyoda yo‘rtib
2
, ko‘chaning
yuzi bilan, qizlar ning izi bilan urib yugurib, qizlarni izlab
keta berdi...
Bir qancha yo‘l yurib edi, oldidan chiqdi katta bir bog‘,
bir yog‘i chorbog‘, juda katta-kalondimog‘, ko‘rganlar
farog‘, shunday joyga borib qoldi. Qarasa, ko‘p qizlar, an-
cha sarvinozlar, beadad kanizlar, hayhaylashib, o‘n – bir,
besh – bir, to‘p-to‘p bo‘lib, bir xili oz, bir xili ko‘p bo‘lib,
yuribdi sayilbog‘ qilib.
Ravshanbek bildi, kechagi
qizlar shu yerga kelgan
ekan... Ravshanbek astagina pisib borib, gulning ichiga
yashirindi... Bog‘da bitta ham erkak yo‘q. Qizlar o‘ynashib,
qizg‘aldoqday yashnashib... bir xillari bir-birlarining
bo‘yniga qo‘lini tashlashib yuribdi... Qizlar bir bazmlar, ta-
pir-tupur o‘yinlar qi layotir, qizig‘i keyin bo‘layotir...
* * *
Shu asnoda bir to‘p qizlar o‘ynashib-kulishib, gul te-
rishib-talashib, yashirinib yotgan Ravshanning ustidan
1
Хо
ssaki
– maxsus, alоhida, xоs.
2
Yo‘rtib
– lo‘killab.