153
qilaman deb o‘ylab o‘tiribman. Agar ertaga badanim qizisa,
shu devona otini qo‘ynimga solib, kuni bilan yugurib yursam
ham, bir noncha salmog‘i bo‘lmas, qanday qilib bu Hasan
mard bo‘ladi, u G‘irko‘k ot bo‘ladi?!» – deb ukasini urishdi.
Shunda Tersakka qarab aytdi: «Tersak! Shu odamni sen bir
sinla
1
, qani, qayoqning odami ekan. Agar sening ham diding-
ga kelmasa, undan keyin qo‘yamiz».
Tersak damini ichiga olib, tishini tishiga qo‘yib, kiprigi-
ni qoqmay tiklab qoldi. Turib-turib, ancha vaqtdan keyin
damini chiqarib: «Uh», – dedi.
Ersak aytdi: «E, Tersak, sinladingmi, qayerning odami
ekan, shu ot qayerning oti ekan?»
Shunda Tersak og‘a-inilariga qarab, Hasan marddan
xabar berib, bir so‘z deb turibdi:
...Ot chopilar baland tog‘ning pastida,
Quloq soling gapimning payvastiga,
Shu ot kepti Qoraxonning qasdida,
Endi maydon bek Ravshanning ustida.
Keskir isfi honni olib dastiga,
Qarab bo‘lmas chin botirning bastiga,
Yobi
2
dema, shu ot tulpor ekandi,
Shu o‘tirgan Hasan shunqor ekandi.
...Ana endi to‘rt mard Hasanxon polvonning oldiga kel-
di. Salom berib, ko‘rishib o‘tirdi. Aynoq qarasa, bir «devo-
na» o‘tiribdi: devsifat, bir ajdahoday, hech narsani ko‘ziga
iladigan emas, balki nazariga keltirmay, pisand qiladigan
ham emas; shunday haybatli, siyosatli. Aynoq ichida ayt-
di: «Hasan ekan, bechora Jaynoqni bekorga urishgan ekan-
man».
...Aynoq joyidan irg‘ib turdi, ukalari ham tura keldi:
mard Hasan bilan quchoqlashib, qaytadan ko‘rishib ayt-
di: «Yaxshi kelibsan, jo‘ra, juda yaxshi kelibsan. Bizlar
1
Dostları ilə paylaş: