172
lar») kabi asarlar yaratdi. Bular o‘zbek (turk) tilida shu so-
halardagi birinchi asarlar edi. Buyuk shoir tilshunoslik bi-
lan ham qiziqdi. Lug‘atshunoslikka oid «Sab’at-u abhur»
(«Yetti dengiz») nomli kitob yozdi. Ayniq sa, «Muhokamat
ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida turk (o‘zbek)
va sort (fors) tillarini solishtirib, o‘z ona tilining tuganmas
imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi.
Navoiy 1490-yillarda adabiyotimiz tariхidagi yana bir
katta hodisa – «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinalari»)
majmuasini tuzdi. To‘rt devondan iborat bo‘lgan bu ulkan
she’riy to‘plam shoirning turkiy tilda yozgan deyarli barcha
lirik she’rlarini qamrab olgan edi. Shuningdek, fors tilini mu-
kammal bilgan va unda ham barakali ijod qilgan shoir bu
tilda yozgan she’rlarini to‘plab «Devoni Foniy»ni tuzdi.
Buyuk adib umrining oxiriga qadar ilm-u ijod bilan
qizg‘in va samarali shug‘ullandi. Sharqda o‘tgan mashhur
shayxlar, so‘fi ylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi «Na-
soyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarini
yozib tugatdi. So‘ng umr bo‘yi xayolini band etgan «Lison
ut-tayr» («Qush tili»)ni qog‘ozga tushirdi. Boshqalar bilan
olib borgan yozish malari – xatlarini to‘plab «Munshaot»
(«Xatlar») tuzdi. 1500-yilda buyuk mutafakkirning yax-
shilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o‘zida ifodalagan
«Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asari may-
donga keldi. Bu buyuk adibning so‘nggi asari edi.
Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: