13. Ravshanbek qizlarga qarata:
«Kuygan alvon-alvon so‘z- lar» , – deydi. Bu e’tirofning tagma’nosini izohlang.
14. Dostondan bog‘ tasvirini toping. Shunga tayanib, bobo-
larimiz ning ming yillar oldingi turmush tarzlari, madani-
yat darajalari ha qida fi kr yuriting.
15. Zulxumor Ravshanbekning uzugini ko‘rib, uni huzuriga
chorlagani sababini tushuntiring.
16. Kampirning Ravshanga munosabati, undagi onalik mehri -
ning kuchi va sabablari haqida mulohaza yuriting.
17. Kallarning hunarlariga e’tibor bering. Ular xalqimizning
timsoli bo‘la oladilarmi?
18. O‘g‘lini qutqarish uchun ketayotgan Hasanxonning ruhiy
holatini doston matniga tayanib tasvirlab bering.
19. Asardagi:
«Shu kuni kun pora-pora bo‘lib yerga o‘tir- gan vaqtda jonivor G‘irko‘k suzilib, buyiri-buyiriga qa pishib, qorni-qorniga yopishib, ter bilan qotgan chang lar yong‘oqday dumaloq bo‘lib, Shirvonga kirib bor di» tasviri asosida otning, chavandozning holatini tu-
shuntiring.
20. Dostonda Ravshanning dor tagida yig‘lagani tasviri bor.
Uning yig‘isi sababini tu shuntiring.
21. Dostonda jang manzarasi qanday tasvirlangan?
22. Hasanxonning jangga kirish oldidagi holatining mubo-
lag‘ali tasvirini dostondan toping va mubolag‘aning shu
o‘rindagi badiiy vazifasini tushuntiring. U Hasanxon-
6 – Adabiyot, 7-sinf.
162
ning ayni paytdagi ruhiy holatiga qanchalik mos kelishini
izohlang.
23. «Oltin kosa, gulgun sharob ichildi maydon ichinda» mis ralaridagi obrazli ifodalarni sharhlang.