Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

diiy obraz 
deyiladi. Obrazlar 
bosh
va 
epizodik
singari tur-
larga bo‘linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, 
tasvirda muhim o‘rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon 
de yilsa, asarning bir-ikki o‘rnidagina qatnashib, keyin tu-
shib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyila-
di. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxon-
lar bosh timsollar bo‘lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka 
kallar, Oqqiz epizodik ob razlardir. 
Badiiy 
asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun 
unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifat-
xususiyatlarning orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a
deyiladi. 
Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchi-
ni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida 
Hasanxonning g‘azabi, Jay noqning jismoniy qudrati juda 
oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq 
dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan tasvir vositasidir.
Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a 
bulug
‘ 
yoki 
ifrot
ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi 
mubolag‘a esa 
g‘ulu
bo‘ladi.


168
utun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, tur-
kiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldi-
rish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkam-
lash, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini 
qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz 
hayoti haqi dagi ma’lumotlarning deyarli bar-
chasi saqlanib qolgan. Хalq ichida bu zotning hayoti va 
faoliyati bilan bog‘liq rivoyat va afsonalar ham talaygina. 
Chunki bunday zotlarning yashash tarzi, qilmishlari ibrat, 
aytmish so‘zlari haqiqatdir. 
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Хuroson o‘lkasining 
poytaхti Hirotda tug‘ildi. Alisher bolalikdan ma’rifatli 
oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G‘iyosiddin 
Muhammad (uni «G‘iyosiddin kichkina» ham der edi-
lar) temuriy larga yaqin amaldorlardan bo‘lib, o‘z davri-
ning obro‘li va ma’rifatli kishilaridan sanalgan. Adabiyot-
shunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o‘g‘li 
Alisher ning tarbiyasiga e’tibor bergan va kelajakda fazilatli 
odam bo‘lib yetishmog‘i uchun astoydil harakat qilgan. 
Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning 
qizi bo‘lgan. Bo‘lajak shoirning tog‘alari Mir Said (Mir-

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin